O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzu n i m u stah k am lash uch u n savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzu n i m u stah k am lash uch u n savollar
1. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishiga qanday sabablar ta’sir qildi?
2. Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya qanday faoliyat ko‘rsatgan?
3. Komissiya Raisi loyiha ishlovchilari oldiga qanday vazifalarni qo‘ygan?
4. Konstitutsiya loyihasi qanday muhokama qilingan?
54


5. Konstitutsiyaning yaratilishida xalqning roli qanday?
6. Konstitutsiyani ishlab chiqishda milliy qadriyatlardan qanday foydalanilgan?
7. Konstitutsiyaning yaratilishida jahon konstitutsiyaviy tajribasidan qanday 
foydalanilgan?
8. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining tuzilishi qanday?
9. Konstitutsiyaga nima uchun o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritiladi, uning 
tartibi qanday?
10. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilgan?
55


Ikkinchi bo4lim
OZBEK ISTO N RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY
TUZUMI PRINSIPLARI
IV 
bob. DAVLAT SUVERENITETI VA UNING
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
l-§ . «Suverenitet» tu sh u n ch a si
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo‘limi «Asosiy 
prinsiplar» deb atalib, unda davlatning asoslari va konstitutsiyaviy tuzumning 
prinsiplari mustahkamlangan. Mazkur bo‘lim 4 ta bobining har biri alohida 
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, ularning prinsiplarini mustahkamlagan. 
Shuning uchun «Davlat suvereniteti», «Xalq hokimiyatchiligi», «Konstitutsiya 
va qonunning ustunligi» va «Tashqi siyosat» konstitutsiyaning prinsiplari 
emas, konstitutsiyaviy prinsiplar yoki boshqacha aytganda, davlatning asoslari 
hisoblanib, ularning har biri ma’lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi. Bu 
prinsiplar esa, shu boblarning tegishli moddalarida mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning birinchi bo‘limi 
1-bobi 
«Davlat 
suvereniteti» 
deb 
atalgan. Davlat suvereniteti, ayrim mualliflar qayd qilganidek, prinsip emas, 
davlatning asosi (tayanchi) hisoblanuvchi davlat-huquqiy institutidir. Ya’ni u 
prinsipdan keng, boshqacha qilib aytganda, o‘zining prinsiplariga ega. Prinsipni 
konstitutsiyaning birgina moddasida mustahkamlab qo‘yish mumkin bo‘lsa, 
masalan, davlat hokimiyati tizimining bo‘linishi prinsipi (11-modda), davlat 
huquqiy institutlari bir nechta moddalarda mustahkamlanadi. Konstitutsiyaning 
«Davlat suvereniteti»ga taalluqli 6 ta moddasi mavjud. Shunday qilib, suverenitet 
institut bo‘lib, suverenitetni hurmat qilish esa, prinsip hisoblanadi.
Umuman, suverenitet atamasi baynalmilal so‘z bo‘lib, fransuzcha so‘zdan 
kelib chiqqan va «oliy hokimiyat» degan ma’noni beradi. Suverenitet 
atamasi XVI asrdan beri shu ma’noda ishlatilib kelmoqda. Suverenitetning 
«oliy hokimiyat, mustaqillik» degan tushunchasi fransiyalik J. Boden tomonidan 
ishlab chiqilgan Ьо‘ПЫ, u hozirgacha shu ma’noda barcha xalqlar davlatchiligida 
ishlatib kelinadi. Ozodlik, mustaqillik uchun kurashlar «suverenitet» uchun 
kurash bilan mustahkamlanib, xalqaro ahamiyat kasb etgan.
Suverenitet so‘zi davlat-huquqiy masalalarda xalqqa, millatga va davlatga 
nisbatan ishlatiladi. Davlat va mamlakat so‘zlari ko‘pincha aynan bir ma’noda 
ishlatilgani uchun davlat suverenitetini mamlakat suvereniteti deb ham tushunish

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin