O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4 -5 -so n , 60-modda



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4 -5 -so n , 60-modda.
49


-
saylov tizimiga saylovlarni o‘tkazish muddatini aniq belgilash, saylov 
kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish instituti, Senat a’zolarini saylash 
tartibi (pog‘onali saylov) belgilanishi bilan qo‘shimchalar kiritildi.
2007-yil 11-aprelda Prezident tomonidan imzolangan va 2008-yil 1-yanvardan 
kuchga kirgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning1 birinchi moddasida 
Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish uchun 
asos bo‘lishi mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur 2007-yil 11-apreldagi qonun bilan 
Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining 
ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritildi.
Ularga asosan, Prezidentning ijro hokimiyatiga boshchilik qilishi bekor 
qilinib, « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini 
ta’minlaydi», - deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyaviy qonunda viloyat hokimlarini tayinlash tartibi o‘zgartirildi, 
bunda siyosiy partiyalarning, mahalliy vakillik organlaridagi guruhlari ishtiroki 
ko‘zda tutildi. Shu holat ham Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishga sabab bo‘ldi. 
0 ‘zgartirishga asosan, viloyat, Toshkent shahar hokimlarini tayinlash tartibi, 
avvalgidek, Konstitutsiyada emas, qonunda belgilandi va Konstitutsiyada ularni 
lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish qonunga muvofiq amalga oshirilishi 
havola sifatida ko‘rsatib qo‘yildi.
2008-yil 25-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Saylov to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining 
ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunning 
qabul 
qilinishi 
Konstitutsiyaga 
kiritilgan 
navbatdagi 
o‘zgartirish 
va 
qo‘shimchalarga asos bo‘ldi. Ushbu o‘zgartirishlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lib, uning 
deputatlari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. Ularning 15 tasi 0 ‘zbekiston 
Ekologik harakati tomonidan saylanishi belgilangan.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalariningqo‘shma majlisida Prezident 
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»2 mavzusida ma’ruza qildi. M a’ruzada 
Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish kiritish takliflari bayon qilindi.
Natijada, Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan, 
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda ma’qullangan va 2011-yil 18-aprelda 
Prezident tomonidan imzolangan qonunga asosan, Konstitutsiyaga quyidagi 
o‘zgartirishlar kiritildi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin