mumkin. Bu yerda aynan mamlakat
suvereniteti haqida gap ketib, u davlat
suvereniteti orqali ifodalanadi.
Suverenitet - davlat hokimiyatining mamlakat ichkarisida oliyligi va
davlatning tashqi munosabatlarda mustaqilligidir.
Davlat faqat haqiqiy suverenitetga ega bo‘lgan taqdirdagina, xalqning
rasmiy vakili sifatida xalq irodasini ifoda eta oladi va fuqarolarning huquqlarini,
manfaatlarini to‘la hajmda ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aks holda,
0 ‘zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibidagi holati vujudga keladi. Shu paytda
rasmiy suveren davlat hisoblanuvchi 0 ‘zbekiston 80-yillarning
oxirida Ittifoq
vakillarining zo‘ravonliklaridan o‘z fuqarolarini himoya qila olmagan.
Faqat 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘nggina haqiqiy davlat
suverenitetiga tom ma’noda ega bo‘ldi. Konstitutsiyamizning 1-moddasida:
« 0 ‘zbekiston - suveren demokratik respublika», deb belgilanishi davlat
suverenitetining huquqiy asosi hisoblanadi. 2-moddada davlat xalq irodasini
ifoda etishi, 3-moddada, 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat va
ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining
tizimini belgilashi, ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishi, davlat chegarasi
va hududi daxlsiz hamda bo‘linmasligining belgilanishi davlat suvereniteti real
voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Hatto 4-moddada belgilangan mamlakatda davlat
tili o‘zbek tili ekanligi ham davlat suverenitetining amaliy ifodasidir.
Davlat suverenitetining muhim belgisi davlat hokimiyatining mamlakatning
Konstitutsiyasi va qonunlaridan boshqa hech narsa bilan cheklanmasligidir.
Davlat suvereniteti o‘rnatilgan mamlakat hududida boshqa hech qanday hokimiyat
tuzilmalari bo‘lmasligi kerak. Davlat suvereniteti amal qiladigan mustaqil
davlatda qonuniy davlat organlarining hech qanday vakolatlariga boshqa hech
qanday siyosiy va boshqa kuchlar tajovuz qilmasligi kerak.
Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilanishicha, 0 ‘zbekiston
xalqi nomidan
faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat
yoki alohida shaxs 0 ‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emasligi
davlat suverenitetining natijasidir.
Davlat suvereniteti mustaqil davlatning ajralmas xususiyati bo‘lib, davlatning
xalqaro huquq subyekti sifatidagi o‘rnini belgilovchi shart hamdir.
0 ‘zbekistonning mustaqil mamlakat va davlat suverenitetiga ega bo‘lganligi
uning xalqaro munosabatlardagi teng asosda ishtirokini ta’minlaydi. 0 ‘zbekistonni
BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi, xalqaro shartnomalarda
ishtirok etishi,
shuningdek, xalqaro jarayonlarning rivojlanishiga ma’lum ta’sir
qilishi davlat suverenitetiga egaligi sharofatidir.
Davlat suvereniteti mamlakatning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga
ega. Mamlakat har jihatdan to‘la mustaqil bo‘lsagina, uni suverenitetga ega
davlat deb hisoblash mumkin. Mustaqillik natijasida davlatning suverenitetga
xos jihatlari namoyon bo‘ladi.
57
1991-yil 31-avgustda respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach, davlat
suverenitetiga ega bo‘ldi. Ya’ni mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham
(tashqi faoliyatda) hech kimning roziligisiz,
ishtirokisiz, ko‘rsatm asisiz har
qanday masalalarni hal qilish imkoniyati tu g ‘ildi. Bunga, eng avvalo, o‘zimiz
xohlagancha, o‘zimizga mos va milliy an’analarimiz aks etgan Konstitutsiyani
qabul qilganimiz misol bo‘ladi.
Konstitutsiya, eng avvalo, suverenitetning huquqiy asosi bo‘lib, davlat
suverenitetini qonuniy mustahkamladi. Konstitutsiyaning birinchi bobi «Davlat
suvereniteti» deb atalishi ham suverenitetning 0 ‘zbekiston uchun ahamiyati
yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 1-moddasidagi « 0 ‘zbekiston - suveren demokratik
Respublika», degan prinsip normani 0 ‘zbekistonning kelajak hayotini belgilovchi
asos deyish mumkin. Bu qoida 0 ‘zbekistonning mustaqilligini o‘rnatadi,
mustaqillikning
oliy maqsadi esa, eng avvalo, o‘zbek xalqining izzatini joyiga
qo‘yishdir. Mustaqiliik, suverenitet natijasida davlat faoliyatini yangicha qurish,
xalq manfaati yo‘lida xizmat qildirish imkoniyati vujudga keldi. Konstitutsiyaning
2-moddasida bu shunday ifodalanadi: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning
manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor
shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida m as’uldirlar». Davlatning xalq manfaatlariga xizmat qilishiga
erishish demokratik jamiyat qurishda eng muhim shartdir.
Suverenitet natijasida 0 ‘zbekiston o‘zining milliy davlat va m a’muriy-hududiy
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgiladi, ichki
va tashqi siyosatni amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi (Konstitutsiyaning
3-moddasi). Ana shu imkoniyat tufayli 0 ‘zbekiston davlat boshqaruv shaklining
demokratik ko‘rinishi - respublika shaklini o‘rnatdi. Davlat vakillik hokimiyati
organlari tizimi: Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tizimini,
sud hokimiyati tizimini, ijro hokimiyati tizimini o‘rnatdi.
Natijada, birinchi m arta
sud hokimiyatning mustaqil tarm og ‘i sifatida e’tirof etildi.
Prezidentlik boshqaruv shakli qonuniy mustahkamlandi, mahalliy miqyosda
«hokim» lavozimi joriy qilindi.
Keyingi vaqtlarda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida erkinlashtirish
siyosati olib borilayotganligi, Parlament institutining rivojlantirilganligi, ikki
palatali parlamentga o‘tilganligi, hukum atning vakolatlari kengayayotganligi
0 ‘zbekistonning
suverenitetga egaligi, uning natijasida ichki va tashqi
masalalarni mustaqil hal qilish huquqiga egaligi natijasidir.
Mustaqiliik va suverenitetning mazmun-mohiyati o‘xshash bo‘lsa-da, ularga
oid turli xil ta ’riflar mavjud. Eng lo‘nda, ishonarli va tushunarli ta ’rif Prezident
tomonidan berilgan ta ’rifdir. 0 ‘zbekiston Prezidenti mustaqillikni har tomonlama
his qilgan holda «Mustaqiliik bu - huquq demakdir» deb ta’rif bergan. Haqiqatan
ham, mustaqiliik 0 ‘zbekistonga, uning xalqiga keng imkoniyatlar va vakolatlar
berdi. Endigi masala ana shu vakolat va imkoniyatlardan to‘g ‘ri, vaqtida foydalana
bilish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: