musaffoligi va tinchligini bildiradi. Bayroqlar qachon va qayerda o‘rnatilishi,
bayram va boshqa munosabatlar sababli o‘rnatilishi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Davlat ramzlaridan yana biri gerb bo‘lib, u davlatning rasmiy emblemasi
hamdir. U muhrlarda, turli
rasmiy hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi.
Uning ko‘rinishi va ishlatilishi ham maxsus qonun bilan belgilanib, bunday
qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan1.
0 ‘zbekiston gerbining markazida afsonaviy Humo qushi tasviri o‘rin olgan
bo‘lib, u baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Gerbdagi sakkiz qirrali yulduz
respublikamizning sobitqadamliligi va barqarorligi timsolidir.
Undagi quyosh
yo‘limizni hamisha yorug‘ va nurafshon bo‘lishini bildirsa, oltin boshoq
rizqimizning bus-butun bo‘lishi orzuimiz ekanligini bildiradi. Gerbdagi paxta
0 ‘zbekistonning milliy boyligiga ishoradir. Boshoq va paxtadagi tasma esa,
xalqlarimiz do'stligi, hayot rishtalari orqali bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Davlat ramzlaridan yana biri madhiyadir. Davlat
madhiyasi fuqarolarga
vatanparvarlik g ‘oyasini singdiruvchi chaqiriqdir. Madhiya she’r va musiqa
vositasida ifodalanadi. Davlat madhiyasi tantanali marosimlarda, davlat
tomonidan o‘tkaziladigan marosimlarda ijro etiladi. Madhiya matni,
musiqasi
va qo‘llanish tartibi qonun bilan belgilangan bo‘lib, shunday qonun, 1992-yil
10-dekabrda qabul qilingan2. Davlat ramzlarining ahamiyati, muhimligi hisobga
olinib, Jinoyat kodeksining 215-moddasida davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Davlatga xos belgilardan biri - bu davlat poytaxtining mavjudligidir.
Poytaxt
m am lakatning bosh shahri hisoblanadi va uning alohida maqomi belgilanadi.
Konstitutsiyamizning 6-moddasi poytaxt masalasiga bag‘ishlanib, unga
ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasining poytaxti - Toshkent shahri. Shu qoidaning
o‘zi Toshkent shahri maqomiga ta’sir qiladi.
Poytaxt bosh shahar hisoblanishi bilan birga, ma’muriy markaz hamdir.
Qoidaga asosan, poytaxtda davlat boshlig‘i idorasi (Prezident Mahkamasi),
hukumat, parlament va markaziy sud idoralarijoylashadi. M oliyamuassasalarining
markaziy idoralari markazda joylashadi. Poytaxt ma’lum bir viloyat hududida
joylashsa-da, u markazga bo‘ysunadi, ya’ni u viloyatga teng keladigan daraja -
m a’muriy-hududiy tuzilish maqomiga egadir.
0 ‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri bo‘lib,
u poytaxtga tegishli
barcha belgi va xususiyatlarga ega. Toshkent 0 ‘zbekistonning eng katta
(aholi soni, hududi jihatidan ham) shahridir. U eng yirik siyosiy va iqtisodiy
markazdir. Unda barcha markaziy davlat va jamoat idoralaridan tashqari,
madaniy-ma’rifiy m uassasalarning ham asosiy qismi joylashgan. Mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 20 foizga yaqini poytaxt —
Toshkentda
ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: