«Xalq davlat organlariga em as, davlat organlari xalqqa xizm at qilishi kerak» degan da’vati va bu prinsip barcha
bo‘g ‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak degan so‘zlari,
davlat, davlat organlari va mansabdor shaxslarning m as’uliyatini yanada
kuchaytirishga qaratildi1.
Sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan birorta konstitutsiyada davlatning, davlat
organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida mas’ulligini belgilovchi
(hatto deklarativ xarakterda bo‘lsa ham) qoida va normani uchratmaymiz.
Aksincha, ularda fuqarolarning davlat oldidagi mas’uliyati haqida ko‘plab
normalar mavjud edi.
Davlat, davlat organlari, mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida m a s’ulligi
fuqarolik jamiyatining ham asosiy shartlaridan, faqat fuqarolik jamiyatidagina
bunday mas’ullik real voqeaga aylandi.
Davlat organlari faoliyati qanchalik ochiq bo‘lib, shuningdek, ularning
faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilar ekan, davlatning
fuqarolar oldidagi m as’uliyati kuchayib boradi va davlat fuqaro munosabatida
fuqaro manfaati ustunligi ta ’minlanadi.
Davlatning
fuqaro
oldidagi
m as’ulligining
konstitutsiya
normasida
belgilanishi bilan ish tugam agan, davlat organlari, mansabdor shaxslarning
fuqarolar oldida m as’ulligi boshqa joriy qonunlarda ham m ustahkam langan.
M asalan, «Fuqarolarning murojaatlari to‘g ‘risida»gi Qonunda fuqarolarning
murojaatlarini aniq muddatda ko‘rish zarurligi belgilangan. Bunday holatlarni
boshqa qonunlarda ham ko‘rish mumkin.
4-§. Davlat suverenitetining am aliy ifodasi, m amlakat chegarasi hamda hududining daxlsiz va bo‘linm asligi Davlat suvereniteti har bir mamlakatga, har qanday masalalarni mustaqil
hal qila olish imkoniyatini beradi. Eng avvalo, davlatning mustaqilligi unga
o‘zining milliy davlat tuzilishini, m a’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari tizimini mustaqil, xalq xohish-irodasidan kelib chiqib hal
qilish imkoniyatini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat tuzilishining unitar shakli o‘rnatilgan.
Ya’ni respublikamizda davlatning unitar shakliga xos barcha belgilar mavjud.
Shu bilan birga, O ‘zbekistonning davlat tuzilishi shaklini unitar deb e’tirof
etish bilan, uning unitar davlat sifatida o‘ziga xos xususiyati mavjudligini ham
ko‘ramiz. Ya’ni mamlakatimiz tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi
mavjud bo‘lib, 0 ‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro