O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Bugun esa Vatanim iz m uayyan chegara va qiyofa kasb etdi»1



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Bugun esa
Vatanim iz m uayyan chegara va qiyofa kasb etdi»1, 
deb qayd qilingan
1 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 1992. 4-bet.
63


edi. Shu sessiyada qabul qilingan, hayotimiz dasturi bo‘lib qolgan Konstitutsiyada 
esa « 0 ‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir», deb 
m ustahkam lab qo‘yildi (3-modda).
Haqiqatan ham m a’lum hududning bo‘lishi davlatning ajralmas xususiyati
shartidir. Davlat (mamlakat) aniq bir hududda faoliyat ko‘rsatadi. Hudud esa, 
m a ’lum chegaraga ega. Ana shu chegarani davlatning roziligisiz hech kim, hech 
qanday ichki va tashqi kuch o‘zgartira olmaydi.
0 ‘zbekiston chegarasini o‘zgartirish, chegara o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi 
respublika tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish, ularni 0 ‘zbekiston 
tarkibidan chiqarish masalasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatiga kiradi (78-modda 6, 10-bandlar). 
Boshqa hech kim, hech qanday organ yoki tuzilma chegara o‘zgartirish vakolatiga 
ega emas.
0 ‘zbekiston chegarasi aniq belgilangan bo‘lishi bilan birga, u daxlsizdir. 
Bu degani uni hech qanday yo‘l bilan, hatto, zo‘rlik ishlatib ham o‘zgartirish 
m umkin emas. 0 ‘z navbatida, 0 ‘zbekiston ham o‘z chegarasini boshqa davlatlar 
hududi, chegarasi hisobiga kengaytirishga urinmaydi. Chunki Konstitutsiyaning
17-moddasida boshqa davlatlar hududi, chegarasining daxlsizligini hurm at qilish 
belgilangan.
0 ‘zbekiston severen davlat sifatida o‘z hududining bo‘linib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Hududi boMinishi uchun qilinadigan har qanday harakatlarga qarshi 
tegishli choralarni ko‘radi.
0 ‘zbekistonning suverenligi hududi, chegaralari daxlsizligini barqaror saqlash 
imkonini berdi. Rasmiy ravishda mustaqil respublika hisoblanib, Ittifoq tarkibida 
turgan vaqtda, m arkazning ko‘rsatmasi, irodasi bilan ayrim hududlarni boshqa 
respublikalarga o‘tib ketish hollari uchrab turar edi. Bu boshqa respublikalar 
misolida ham tez-tez uchrab turgan. Respublikalar chegara va hududlarini 
M arkaz tashabbusi bilan, ayrim hollarda faqat bir kishining istagi bilan osongina 
o‘zgartirish mumkinligining o‘zi har qanday respublika rasmiy mustaqil davlat 
hisoblansa-da, aslida, suveren huquqi bo‘lmaganligini ko‘rsatuvchi isbotdir.
0 ‘zbekiston, haqiqatan ham, suveren davlat bo‘lgach, bunday o‘zboshimchalik 
barham topdi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin