O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Davlat tili, boshqa m illatlar tili, urf-odatlari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Davlat tili, boshqa m illatlar tili, urf-odatlari
va an’an alarin in g hurmat q ilinishi
Til insonni boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi asosiy vositadir. Bundan 
tashqari, u - millatni aniqlashdagi asosiy vosita, ko‘rsatkich. Tilning rivojlanishi, 
uning davomiyligi, boqiyligi undan foydalanuvchi millatning ma’naviyatiga 
bog‘liq. Lekin til qo‘shimcha himoya qilinmasa, zaiflashib, oqibatda yo‘qolib 
ketishi mumkin. Buning misoli sifatida Ittifoq davrini eslash mumkin. 0 ‘zbek 
tili, sho‘rolar davrida faqat turm ushda ishlatiladigan tilga aylanib qoldi. Natijada, 
ko‘plab o‘zbek millati vakillari boshqa tilni yaxshi o‘rganishga e’tibor berib, o‘z
64


ona tilini esdan chiqara boshladi. 0 ‘zbek tili davlat miqyosida emas, oilalardan 
ham siqib chiqarildi.
S huning uchun Ittifoqning oxirgi yillarida ilg‘or fikrlovchi ziyolilar, demokratik 
kuchlar o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish orqali o‘zbek tilining mavqeini 
saqlab qolish uchun kurash olib bordi.
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun kurash mustaqillik uchun 
kurashning debochasi bo‘ldi. Natijada, 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili 
to‘g ‘risida»gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu 
Ittifoq davrida mustaqillik uchun, suverenitet uchun qilingan eng katta harakat 
edi. Shu paytdan boshlab o‘zbek tili rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi.
Amaldagi Konstitutsiyamizning4-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining 
davlat tili o‘zbek tilidir», - deb belgilandi. Bu qoida «Davlat suvereniteti» 
bobida bejiz belgilanmadi. M a’lumki, davlat tiliga ega bo‘lish suveren davlatga 
xos xususiyat. O ‘zbekistonning suveren davlat bo‘lishi, bir tomondan, o‘zbek 
tilining ta ’minlanishi, rivojlanishiga imkon yaratsa, o‘z navbatida, aniq tilning 
(o‘zbek tilining) davlat tili maqomiga ega bo‘lishi suverenitetni ta ’minlovchi 
vosita hisoblanadi. Suverenitet va davlat tili bir-biri bilan bog‘liq hodisadir 
(kategoriyadir).
0 ‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lishi, birinchidan, barcha 
qonunlar, qonun osti hujjatlari davlat tilida tayyorlanishini va amal qilishini 
ta ’minlaydi. Bu narsa fuqarolarga qonunlarni yaxshi tushunish imkoniyatini 
yaratadi. Ikkinchidan, barcha davlat idoralarida ish yuritish, hujjatlarni tayyorlash 
o‘zbek tilida olib borilishini ta ’minlaydi. Bu ham aholi ko‘pchilik qismining davlat 
idoralarida o‘zi tushunadigan, biladigan tili orqali zarur ishlarda, tadbirlarda 
ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi. Uchinchidan, o‘zbek tilining davlat tili 
hisoblanishi bu tilni boshqa millat vakillari tomonidan ham o'rganish zaruratini 
vujudga keltiradi, o‘zbek tili mamlakat doirasidan chiqib, boshqa davlatlar 
hududida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 0 ‘zbekiston bilan aloqa qiluvchilar o‘zbek 
tilini o‘rganishga e’tibor beradi.
Xalqaro munosabatlarda, anjumanlarda o‘zbek tilida ma’ruzalar qilish ham 
0 ‘zbekiston suverenitetining to‘la ifodasi bo‘ladi.
0 ‘zbekiston demokratik jamiyat qurar ekan, taraqqiyotga xavf soluvchi 
millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmining har qanday ko‘rinishlarini rad 
etdi va bular mamlakatimizda hech qachon bo‘lmasligining choralarini ko‘rdi. 
0 ‘zbekiston ko‘p millatli davlat hisoblanadi. M amlakatda yashovchi barcha millat 
va elatlarning tengligini ta ’minlamay turib, barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. 
Millat va elatlarning tengligi faqat qonunlarda belgilab qo‘yish bilangina emas
amalda ta ’minlansa, ijobiy natija beradi. Millat va elatlarning jamiyat hayotida 
tengligini ta ’minlashda ko‘plab vositalar mavjud bo‘lib, ular orasida barcha millat 
va elatlarning, birinchidan, tillarini hurmat qilish va uning rivojlanishiga sharoit 
yaratish, ikkinchidan, millat va elatlarning an’analarini hurmat qilish, ularning 
rivojlanishiga sharoit yaratish ta’sirli, kuchli va samarali vositadir.
65


M am lak atim izda turli (rus, qozoq, tojik, turkm an) tillarda o‘qish tashkil 
qilingan m ak tab larn ing mavjudligi, turli tillarda ommaviy axborot vositalari 
(jurnal, gazeta, eshittirishlar) faoliyat ko‘rsatishi buning amaliy ifodasidir. Faoliyat 
ko‘rsatayotgan turli millatlarning milliy-madaniy markazlari, kamchilikni tashkil 
etayotgani millatlarning milliy an’analari yo‘q bo‘lib ketmasligi, ularning millat 
sifatida yashab, rivojlanishiga yordam beradi.
Ayrim 
sobiq 
Ittifoq 
respublikalari 
(Boltiqbo‘yi 
respublikalari) 
kabi 
0 ‘zbekistonda boshqa millat va elatlarning tili, urf-odatlarini cheklashga 
qaratilgan hech qanday urinish yo‘q va bunday cheklashlarni qonun hujjatlarida 
ham uchratmaymiz.
0 ‘zbekiston o‘z taraqqiyotini m amlakatda yashovchi barcha millatlarning 
tengligi, milliy madaniyatining rivojlanishi natijasida ko‘radi.
0 ‘zbekistonning davlat suvereniteti, barcha millatlarning rivojlanishiga teng 
imkoniyat yaratib bergan va bu Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan. « 0 ‘zbekiston 
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari 
va an ’analari hurm at qilinishini ta ’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit 
yaratadi», - deyiladi Konstitutsiyaning 4-moddasida.
Respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va 
an’analarini hurm at qilish, ular haqida hech qanday cheklovchi qoidalar yo‘qligi 
hamda ularni himoya qilish va rivojlanishiga olib keluvchi turli jarayonlarni 
yaratish, tadbirlarni belgilash bilan amalga oshiriladi.
« 0 ‘zbek tili bayrami»ni qonun bilan mustahkamlanishi, tarixda birinchi 
m arta BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida 0 ‘zbekiston Prezidenti o‘zbek 
tilida nutq so‘zlashi o‘zbek tili maqomini yanada yuksak darajaga ko‘tardi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin