V bob. XALQ HOKIMIYATCHILIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI l-§. Hokimiyat tizim ida davlat hokimiyati Hokimiyat ijtimoiy kategoriya (hodisa) bo‘lib, kishilik jamiyatining barcha
davrida (hatto davlat bo‘lmagan davrda ham) mavjud bo‘lgan. Hokimiyat doimiy
ravishda ijtimoiy munosabatlarga, shaxsiy munosabatlarga ta ’sir qilib kelgan.
Hokimiyat boshqalarga nisbatan ustun turish, buning uchun kuchga ega
bo‘lish va boshqalarga nisbatan ta ’sir qila olishdir1.
Agar hokimiyatga tushunish oson bo‘lgan eng oddiy ta’rif beradigan bo‘lsak,
u ijtimoiy hodisa; kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan va
jamiyat rivojlanishi bilan rivojlanib borgan; hokimiyatning rivojlanishi jamiyat
rivojiga yoki aksincha, jamiyat rivoji hokimiyatga ta ’sir etgan; hokimiyat
munosabatida ikki tomon: birinchisi - hokimiyat subyekti yoki hokimiyat egasi,
ikkinchi tomon - shu subyektga bo‘ysunuvchi tomon bo‘ladi; hokimiyat, albatta,
kuchga ega bo‘ladi. Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, hokimiyat boshqalarga
nisbatan huquqqa ega bo‘lish, kuchga ega bo‘lish va boshqalarga ta ’sir qilishdir.
Boshqalar deganda, alohida shaxs yoki shaxslar, jamoa, oila, jamiyatni tushunish
mumkin. Shuning uchun hokimiyatning turlari, ko‘rinishi turli-tuman.
Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda hokimiyat ongga asoslanadi va u ongli
hokimiyatdir. O ngga asoslanmagan, instinktga asoslangan hokimiyat ham
bo‘lishi mumkin: hayvonlar to‘dasida kuchli hayvon o‘z ta ’sirini boshqalarga
o‘tkazishi ham hokimiyatdir.
Hozirgi kunda davlat mavjud bo‘lgan davrda ham davlat hokimiyati bilan
birga, boshqa hokimiyatlar ham mavjud. Oilada oila boshlig‘i hokimiyati, jamoat
birlashmalaridagi hokimiyat, diniy tashkilotlaridagi hokimiyat va hokazolar.
Ta’sir doirasiga qarab, siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy hokimiyat bo‘lishi mumkin.
Bu yerda asosiy e’tiborni siyosiy hokimiyatga qaratamiz, chunki siyosiy
hokimiyat davlat tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyatining ta’sir
doirasi eng keng va kuchli hokimiyatdir. Uning asosiy belgilaridan biri
hokimiyatni amalga oshirishda oshkora kuch ishlatishning mavjudligi, majburlov
uchun m axsus organlardan foydalanish (militsiya, armiya, maxsus xizmatlar),
hokimiyat ta ’siri, m am lakatning barcha hududida o‘z kuchiga ega bo‘lishi,
uning ko‘rsatmasini bajarish barcha uchun majburiy ekanligi (davlat organlari,
jamoat birlashmalari, fuqarolar) hisoblanishidir. Davlat hokimiyati o‘z ifodasini,
erkini majburiy ravishda qonun, farmon, qaror asosida hayotga tatbiq qiladi.
Turli majburlov vositalaridan foydalanadi. Davlat hokimiyati faqat qonun asosida
tashkil etilgan organlar tomonidan, qonunga asosan amalga oshiriladi. Davlat
hokimiyati qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati, sud hokimiyati orqali ijtimoiy