44
o‘rtasida, xaridorlar o‘rtasida hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida yuz
beradi. Sotuvchilar o‘z mahsulotini qimmatroq sotilishini xohlashadi,
ammo raqobat ularni o‘z tovarlarni arzonroq sotishlariga majburlaydi.
Ba’zida bozorda demping ham qo‘llaniladi, ya’ni tovarlarni haddan
tashqari past narxlar bo‘yicha sotish. Xaridorlar o‘rtasidagi
raqobat
natijasida mahsulotni ko‘proq yoki bozor narxiga nisbatan yuqori narx
bo‘yicha sotib olgan yutadi, garchi ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qilishsa ham.
Raqobat – iqtisodiy taraqqiyotni olg‘a bostiruvchi kuch. Agar
tadbirkor o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish
maqsadida texnika va
texnologiyani takomilashtirib, mahsulot sifatini oshirsa, sarf xarajatlarni
kamaytirsa va shuningdek narxni tushirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, faqat
shundagina raqobat muvaffaqiyatga olib keladi. Nobel mukofoti
sovrindori (1974) Fridrix fon Xayek ayni shu omil asosida quyidagi
xulosaga kelgan: raqobat ustuvorligiga iqror bo‘lgan jamiyat oldiga
qo‘ygan maqsadlariga tezroq erishadi
va ayni raqobat tovarlarni
samaraliroq ishlab chiqarish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. U samarasiz
korxonalarni siqib chiqarish, resurslarni ratsional ishlatishga imkon
yaratib, ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga nisbatan hukmronlik xavfining
oldini oladi. Bu raqobatning ijtimoiy rivojlanishidagi
shubhasiz ijobiy
roli.
Biroq har qanday holatning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud
bo‘ladi. Raqobatning negativ namoyonlariga aholi ma’lum bir qismining
bor-yo‘g‘idan
ajralishi,
qashshoqlanishi,
ishsizlik,
beqarorlik,
tabaqalanish, ijtimoiy adolatsizlik, inflyatsiya, monopoliyalarning paydo
bo‘lishini misol keltirish mumkin.
A. Smit fikri bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning raqobatli xatti-
harakatlari mohiyatan to‘g‘ri, til biriktirmasdan olib boradigan musobaqa
bo‘lib, bunda raqiblarga odatda narx orqali tazyiq ko‘rsatiladi. Y.
Shumpeter shuni ta’kidlaydiki, iqtisodiy o‘sish nuqtayi nazaridan raqobat
– bu eski bilan yangining kurashi: yangi tovarlar,
texnologiyalar,
ehtiyojlar qondirishning yangi manbalari, yangi tashkiliy shakllar va
boshqalar.
Raqobatning mohiyatini quyidagi vazifalar orqali yoritish mumkin:
Ishlab chiqaruvchini iste’molchi talabiga yo‘naltirishini
ta’minlash;
Ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishini rag‘batlantirish;
Tovar ishlab chiqaruvchilarning farqlanishi (ba’zilari yutsa,
boshqalar bankrotlikka uchraydi);
45
Talab va foyda normasiga qarab resurslarning iqtisodiyot
tarmoqlariga taqsimlanishi;
Raqobatbardoshsiz korxonalarni tugatish;
Tovarlarning sifatini oshirish
va narxini pasaytirishini
rag‘batlantirish.
Raqobatning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1.
funksional (ma’lum tovar raqobati);
2.
turga oid raqobat ( narx va sifat bo‘yicha);
3.
firmalar o‘rtasidagi raqobat;
4.
bir tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat (ushbu raqobat
turlarining mexanizmi K.Marksning “Kapital” III tomida batafsil
yoritilgan).
Bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shaklini ko‘rsatish mumkin.
Bular mukammal raqobat,
monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Dostları ilə paylaş: