Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Konsorsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini 
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli 
loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki 
investitsiyalar qo‘yish). 


54 
Konsern 
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli
korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) 
ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma 
ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan 
tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirgi paytda sun’iy monopoliyalarning 
keng tarqalgan shakli konserndir.
Sof monopoliya modeli mukammal raqobat bozor tuzilishi kabi 
hayotda uchramaydigan holat, abstraksiyadir. Mamlakat ichida 
raqiblarning umuman yo‘qligi ularning chet elda mavjudligi ehtimoldan 
xoli emas. SHuning uchun ham biz absolyut monopoliyani nazariya 
jihatidan tasavvur qilishimiz mumkin. 
Monopolistning bozordagi xatti-harakati qanday? U tovarning ishlab 
chiqarish hajmini butunlay nazorat qiladi, ammo bu mahsulot narxining 
cheksiz ravishda ko‘tarilishini anglatmaydi. 
Har qanday ishlab chiqaruvchi kabi monopolistik firma ham yuqori 
foyda olishga harakat qiladi va sotish narxini belgilashda u bozordagi 
talabni hamda o‘z xarajatlarini hisobga oladi. Monopolist ma’lum 
mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi bo‘lgani sababli, uning 
mahsulotiga bo‘lgan talab egri chizig‘i bozordagi talab egri chizig‘i bilan 
bir xil bo‘ladi. Monopolistning foydasi maksimal darajaga erishishi uchun 
u qaysi hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerak? Bunday qarorni qabul 
qilishda me’yoriy daromad va me’yoriy xarajat tenglik qoidasi asos 
bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rganimizday, mukammal raqobat sharoitida 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin