51
23-rasm. Po=Qo
Shunday qilib, mukammal raqobat modelining tahlili real voqelikdagi
resurslardan foydalanish samaradorligini baholash uchun ishlatiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi sof raqobatni
samaradorlik namunasi deb
hisoblaydi. Sof raqobatli bozorlar quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.
Firmalar iste’molchilar uchun eng afzal
va foydali mahsulotlarni
ishlab chiqaradi;
2.
Tovarlar eng kam mumkin bo‘lgan sarf
xarajatlar bilan ishlab
chiqariladi.
Demak, mukammal raqobat sharoitida firmalar o‘z
mahsulotini
maksimal darajada minimal xarajatlar bilan ishlab chiqaradi.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari
«Monopoliya» atamasi grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» -
sotaman so‘zlardan kelib chiqqan. Monopoliyani quyidagicha ta’riflash
mumkin:
bu davlat, korxona, tashkilot yoki sotuvchining birorta
xo‘jalik faoliyat yuritishiga bo‘lgan alohida huquqidir
.
Tabiatan
monopoliya erkin raqobat, tartibsiz bozorning asosiga putur yetkazadigan
kuchdir.
Sof monopoliya o‘rnini bosuvchi mahsulotga ega bo‘lmagan
birorta
tovarning yagona ishlab chiqaruvchini taqozo qiladi.
Shuningdek
monopolist ishlab chiqarish hajmini va uning narxini nazorat qiladi.
Monopoliyalar
ishlab chiqarishning to‘planishi
(qo‘shimcha jalb
52
qilingan kapital hisobiga ishlab chiqarishning yiriklashtirilishi) va
Dostları ilə paylaş: