Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/55
tarix01.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#170788
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil 
etiladigan birlashmaning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib 
turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini 
ataylab o‘zgartiradi, ya’ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
turli to‘siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab 
oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga 
harakatqiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, 
qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish 
imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi; 
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa 
raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi 
aniq shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Kartel 
– bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning 
uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va 
mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan 
mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy 
hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning 
bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha 
korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, 
ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona 
sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. 
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi 
mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs 
ko‘rinishidagi birlashmasi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin