O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish 
Ko`pincha fotosuratlarni olishda kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va 
ularni kadrdan olib tashlashga to`g`ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini 
qirqib tashlash kerak. PhotoShopda bu maxsus uskuna 
ramka 
deyiladi. Uni 
klaviaturadagi 
С harfini 
yoki uskunalar satridagi
tugmani bosib faollashtirish 
mumkin. 
Ramkaning to`rt tomoni va to`rtta burchagidagi markerlardan zarurini 
sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Kerak 
bo`lsa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Buning uchun sichqonchani 
ramkaning biror burchagiga tashqi tomondan yaqinlashtiramiz. Sichqoncha kursori 
aylana yoyi ko`rinishiga kelgach, chap tugmasini bosib turib, ramkani buramiz. 
6.2.18-rasm. Rasmni belgilab ramkaga olish usuli tanlash 


117 
6.2.19-rasm. Rasm burish.
PhotoShop
da ko`pincha bir nechta rasmlardan yangi rasm yaratishga to`g`ri 
keladi. Bunda tasvirlarning o`lchamini kichiklashtirish yoki kattalashtirish, ularni 
burish, o`girish, qiyalashtirish, qiyshaytirish kabi amallami bajarishga to`g`ri keladi. 
Bu amallar shakl o`zgartirish amallari deb ataladi. Bu kabi amallar bilan kadrlashga 
bag`ishlangan mashqlarda tanishib chiqqan edik. Lekin u yerda bu amallardan bir 
nechtasi bir paytda bajarilar va ularni dasturning o`zi tanlab bajarar edi. Bu esa har 
doim ham aniq va kutilgan natijaga olib kelmaydi. Shakl o`zgartirish amallari asosiy 
menyuning 
Редактирование
bo`limidagi 
Трансформирование 
(Shakl o`zgartirish) 
bandida joylashgan. Yangi menyuda 
o`n ikkita
band bo`lib, ular quyida keltirilgan:
1.
Применить снова
(
qayta qo`llash
) - oxirgi shakl o`zgartirish amalini yana bir 
marta qo`llaydi. 
2.
Масштабирование
(
o`lchamini o`zgartirish
) – tasvir bo`lagi o`lchamlarini
o`zgartiradi. 
3.
Поворот
(
Burish
) - tasvir bo`lagini ixtiyoriy burchakka buradi. 
4.
Наклон
(
Qiyalash
) - tasvir bo`lagini gorizontal yoki vertikal yo`nalishda 
qiyalaydi. 
5.
Искажение
(
Nochiziqli o`zgartirish
) - tasvir bo`lagini to`rtburchak ko`rinishida 
tanlangan sohani qoplaydigan qilib o`zgartiradi. 
6.
Перспектива
(
Perspektivani o`zgartirish
) - suratga olish nuqtasini 
o`zgartiradi. 
7.
Деформация
(
Qayta shakllantirish
) - tasvir bo`lagini cho`zish bilan qayta 
shakllantiradi. 
8.
Поворот на 180° 
(
180°ga burish
) - tasvir bo`lagini 180° ga buradi. 


118 
9.
Поворот на 90° по часовой 
(
Soat mili bo`ylab 90°ga burish
). 
10.
Поворот на 90° против часовой 
(
Soat miliga teskari 90°ga burish
). 
11.
Отразить по горизонтали 
(
Gorizontal o`girish
) - tasvir bo`lagini gorizontal 
yo`nalishda o`giradi. 
12.
Отразить по вертикали 
(
Vertikal o`girish
) - tasvir bo`lagini vertikal 
yo`nalishda o`giradi. 
6.2.20-rasm. Shakl o`zgartirish.
Shakl o`zgartirishlarda yana asosiy menyuning 
Редактирование
(Tahrirlash) 
bo`limidagi 
Свободное
Трансформирование
(Erkin shakl o`zgartirishlar) (
Ctrl+T

amalidan ham keng foydalaniladi. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin