O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash 
PhotoShopda geometrik shakllarni tasvirga joylash uchun bir qator uskunalar 
mavjud bo`lib, ular uskunalar satrining uchinchi bo`limida joylashgan: 
6.2.34-rasm. Turli shakllarni chizish uchun tanlash 
Bu uskunalar jami 
oltita 
bo`lib, ular yordamida tasvirga to`g`ri to`rtburchak 
(
A
), burchaklari doirasimon to`g`ri to`rtburchak (
B
), ellips (
C
), muntazam 


129 
ko`pburchak (
D
), to`g`ri chiziq kesmasi (
E
) va ixtiyoriy geometrik shakl (
F
) joylash 
mumkin.
6.2.35-rasm. Turli geometrik shakllar 
Bu uskunalardan biri tanlanganda uning parametrlari parametrlar satrida 
paydo bo`ladi. PhotoShopda geometrik shakllarni chizganda uning parametrlari satri 
quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 
Tanlangan shakl parametrlari satri
6.2.36-rasm. Turli geometrik shakllar 
PhotoShop rastrli grafika uchun mo`ljallangan bo`lsada, undan vektorli 
grafikadan ham keng foydalaniladi. Vektorli grafika obyektlarini yaratish uchun 
maxsus uskuna bo`lib, uning nomi 
Перо 
(
Pat
)dir. 
Pat
uskunasi uskunalar satrining 
uchinchi qismida birinchi bo`lib joylashgan tugma orqali chaqiriladi. Bu tugma 
ostida 
beshta 
uskuna yashiringan bo`lib, ular quyidagilardir: 
6.2.37-rasm. Peroni tanlash 
1. 
Перо 
(
Pat
) – chegaralari to`g`ri yoki egri chiziq bo`lgan geometrik shakl 
yaratadi. 


130 
2. 
Свободное
Перо 
(
Erkin pero
) – chegaralari ixtiyoriy bo`lgan geometrik shakl 
yaratadi. 
3. 
Перо
+(
Pat
+) yaratilgan shakl chegarasiga yangi tayanch nuqta qo`shadi. 
4. 
Перо
- (
Pat
-) mavjud tayanch nuqtani olib tashlaydi. 
5. 
Угол
(
Burchak
) - egri chiziqda burchak hosil qilish uchun ishlatiladi. 
Pat
uskunasi yordamida odatda konturlar yaratiladi. 
Konturlar
esa geometrik 
shaklga, niqobga yoki ajratiladigan soha chegarasiga aylantirilishi mumkin. Shuning 
uchun pat uskunasida patning qalinligi va rangi kabi parametrlar bo`lmaydi. 
Niqoblardan
yaratilayotgan tasvirning bir qismini tasodifiy o`zgarishlardan 
himoyalash uchun foydalaniladi. 
Pat
yordamida siniq chiziq chizish uchun pat 
uskunasini tanlab, chiziq uchlarida sichqonchaning chap tugmasini navbatma-
navbat bosib chiqish yetarli. Egri chiziq chizish uchun ham bu chiziqning tugun 
nuqtalarini ko`rsatib chiqish kerak bo`ladi. Lekin bunda egri chiziqning tugun 
nuqtadan qaysi yo`nalishda chiqishini sichqonchaning chap tugmasini bosib turib 
ko`rsatish kerak bo`ladi. 
Pat
ni ishlatish mehnat va chizmachilik darslarida egri 
chiziqli chizg`ichlar: lekalolardan foydalanishga o`xshab ketadi. Egri chiziqqa 
qo`shimcha tugun nuqtalar qo`shish yoki ortiqchalarini olib tashlash bilan uni 
tahrirlash va qurilayotgan egri chiziqning ko`rinishini butunlay o`zgartirib yuborish 
mumkin. Bunda 
Перо+
(
Pat+
) va 
Перо- 
(
Pat-) 
uskunalari juda qo`l keladi. 
Pat 
uskunasi tanlanganda uning parametrlari satri quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 
6.2.38-rasm. Pat uskunasi yordamida chizilgan rasmlar.


131 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin