282
olmaydi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida
gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga
yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq,
izchil
boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda
tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish
darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham
nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim
- tarbiya jarayoni
va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga
tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa,
bolaning maktabga intilishi,
qiziqishi, istagi, muloqotchanligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti
yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis
markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘
rsatuvchi psixologlar turli uslublar,
testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog
bolaning individual
xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan sog‘lomlik holatlarini, psixik
jarayonlari, xususiyatlari, holatlarini aniqlab beradi. Bolaning maktabga
tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining
asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har
tomonlama
rivojlangan shaxs sifat
ida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga
tayyorlashdan iboratdir:
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha
uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni
yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani
maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash,
bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma
va malakalar bilan
tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy
qiyinchiliklaridan xalos bo‘lish
ga yordam beradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok,
kuzatish, xotira,
tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy
hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga
birmuncha
qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik
o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan
bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan
qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik
mahorati bi
lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish