Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
18.1.3. Maktabga ijtimoiy tayyorgarlik
Bolalarda 5-
6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari 
yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgilashga, kattalar bilan yanada 
yaqinroq munosabatlarga kirishishga intiladilar. Katta guruh bolalari 
maktabga chiqishdan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, 
maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. 
Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib 
ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. 
Katta yoshdagi 
bog‘cha bolal
arining maktabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida 
yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo
-
logik tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi 
nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixo
logik jihatdan 
tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olishga 
е
tarli darajada rivojlanadi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi 
Ko‘rib turganimizdek, bolalarning maktabga psixologik jihatdan 
tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bilangina baholana 


282 
olmaydi. 
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi haqida 
gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga 
yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslangan mantiqiy bog‘liq, izchil 
boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda 
tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish 
darajasi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham 
nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim
- tarbiya jarayoni 
va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga 
tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktabga intilishi, 
qiziqishi, istagi, muloqotchanligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti 
yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis 
markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘
rsatuvchi psixologlar turli uslublar, 
testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik 
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog bolaning individual 
xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan sog‘lomlik holatlarini, psixik 
jarayonlari, xususiyatlari, holatlarini aniqlab beradi. Bolaning maktabga 
tayyorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining 
asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har 
tomonlama rivojlangan shaxs sifat
ida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga 
tayyorlashdan iboratdir: 
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha 
uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni 
yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani 
maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, 
bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan 
tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy 
qiyinchiliklaridan xalos bo‘lish
ga yordam beradi. 
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, 
tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy 
hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. 
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha 
qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i keyinchalik 
o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan 
bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan 
qiziqish so‘nadi. Mana shularning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik 
mahorati bi
lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish 


283 
xususiyatida ko‘rinadi.
47

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin