Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
Natijalarni hisoblash:
13 ball - 
Bolada ma’lum qobilyat bor.
14 dan yuqori. Demak ma’lum qodilyatni rivojlantirish ke
rak. 
Bolaning ta’lim
-
tarbiyasini, bo‘sh vaqtini qanday tashkil etish kerakligi 
haqida o‘ylab ko‘ring.
 


278 
 
 
XVIII-BOB. BOLANING MAKTABGA TAYYORGARLIGINI PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI VA UNING DIAGNOSTIKASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Bolaning maktabga tayyorligining psixologik xususiyatlari 
2. Maktabga intellektual tayyorgarlik 
3. Maktabga ijtimoiy tayyorgarlik
 
18.1.BOLANING MAKTABGA TAYYORGARLIGINI PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
 
18.1. 1. Bolaning maktabga tayyorligining psixologik xususiyatlari 
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab 
hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning 
asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy 
faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib 
qoladi. 
Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qis
h ulardan yangi 
sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab qiladi. O‘qish faoliyati uchun 
bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi 
nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik hislari 
b
o‘lishi kerak.
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga 
o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. 
Bola
lar maktabga o‘tishlari 
natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan,
е
tti yoshga yaqinlashgan bola
lar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh 
bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar» 
qatoriga tushib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari 
bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazard
a tutib, 
ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak. 
Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har 
tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy 
oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, 
o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan 
bog‘chadagi ta’lim

tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.
Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, 
ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. 
Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib ular bilan 
o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur 


279 
va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda 
taraqqiy ettirib 
boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga 
tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. 
Ushinikiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning 
maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng isho
nchli dalildir. 
Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga 
tayyorlashda ular
ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z 
boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla 
tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning 
qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta gu ruh bolalari maktab hayoti bilan 
juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab
-
quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun maktab va unda 
o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham
da yaqin atrofdagi maktabga 
ekskursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi
е
tti yoshga 
to‘lgan bolalarning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab
-
baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab
dagi yangi sharoitga tez 
kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir 
bir xususiyat 
еtishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol 
tug‘iladi.
Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qish 
jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ayrim psixologlarning fikricha, 
bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina 
tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’l
um darajada aqliy 
jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini 
aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chunki bu 
е
rda yosh masalasi ham bor. 
Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugallanishi va 
o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan 
boshlab bolalarda o‘z
-
o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun 
ham shu davrdan bosh
lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga 
muvofiqdir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi 
o‘qish 
faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi 
bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan 
aniqlanadi. 
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor
ligi shaxsning 
ijtimoiy 
е
tuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijtimoiy tarqqiyotning bunday 
еtuklik bosqichiga bola o‘z
-
o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga 
bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim
-
tarbiya ishi ko‘taradi. Bola
е
tti yoshga 
to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi
l
ishga, nojo‘ya 
xattiharakatlardan o‘zini tiyishga, xulq
-
atvor qoidalarini o‘zlashtirishga 
harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha 
mehnat qila oladi, ja
moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning 


280 
turmush tajribas
i anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan 
qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va 
hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada 
rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. 
Yetti y
oshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi. 
U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini 
egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali 
ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradiga
n yoki unga kuchli ta’sir 
qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga 
chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola 
o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom 
etaveradi. 
O‘yin jarayonida bola o‘z
-
o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini 
o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini 
ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar 
jarayonida bolalarning aql-idroki, xotir
a va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z 
navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin 
tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, 
oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim
-tarbiya ishlari hal 
qiluvchi ahamiyatga egadir.
46

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin