18.2.2. Vaqtni moslashtira olish haqidagi bilimlarni aniqlash bo‘limi bo‘yicha test -savolnoma Testning maqsadi: Bolaning vaqtni moslashtira olishini bilish hamda
hafta kunlari va sutkadagi vaqtlarni bilishini aniqlash:
1.
Ko‘chada qachon qorong‘i bo‘ladi?
287
2.
Hozir ertalabmi yoki kunduzimi?
3.
Yilning qayli faslini yaxshi ko‘rasan va nima uchun?
4.
Kecha haftaning qaysi kuni edi?
5.
Qachon quyosh chiqadi?
6.
Yilning qayli oylari (kuzgi, qishki, bahorgi, yozgi) senga yoqadi?
Nima uchun?
7.
Bir daqiqa ko‘pmi yoki kammi?
Nima uchun?
8.
Bir yil ko‘pmi yoki kammi?
Nima uchun?
9.
Bir daqiqa ichida o‘rin yig‘ishtirish, pol yuvish mum
kinmi?
10.
Bir soat ko‘pmi yoki ka
mmi? Nima uchun?
11.
Bir soat ichida ko‘ylakni yuvish mumkinmi?
Uy qurishchi?
12.
Kun uzunmi yoki oymi?
13.
Haftada necha kun bor?
Izoh: Agar bola elementar matematik tasavvurlarini rivojlanish
darajasini aniqlash testlari bo‘yicha birorta ham savolga javob berolmasa
yoki faqat 1
—
2 ta savolga javob bersa, unda bu bolaning tafakkur darajasini
aniqlash maqsadida «Nima uchun?» testidan o‘tka
zish kerak. Agar bola
mana shu testning 3 ta savoliga ijobiy javob bersa, bu uning tahlil qila olishi
va mustaqil xulosalar chiqarishidan dalolat beradi.
18.2.3. “ Nima uchun? ” testi Tabiat haqidagi tasavvurlarning shak llanishi bo‘limi Testning maqsadi: Bolalaning mantiqiy tafakkuri, tahlil qilish va
taqqoslash hamda xulosa chiqarishni bilish darajasini aniqlash.
1.
Nima uchun qor qo‘lga olganda erib ketadi?
2.
Nima uchun hayvonlar va o‘simliklar jonli tabiatga kiradi?
3.
Nima uchun tosh, qum, suv jonsiz tabiatga kiradi?
4.
Nima uchun fil ovqatni og‘zi bilan olmaydi?
5.
Nima uchun bahor kelishi bilan hamma narsa uyg‘onadi va
jonlanadi?
6.
Nima uchun qishda daraxtlarda barg bo‘lmaydi?
7.
Nima uchun sigir, it, qo‘y uy hayvonlari hiso
blanadi?
8.
Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qayli birlariga yashash
qiyinroq va nima uchun?
9.
Nima uchun hayvonlarga mo‘yna kerak?
10.
Qalam bilan ruchka nimasi bilan bir-
biriga o‘xshaydi?
11.
Mixning boltadan nima farqi bor?
12.
Mushuk tovuqdan nimasi bilan farq qiladi?
Izoh: «Nima uchun?» testi bo‘yicha bola xulosa qilmasdan, faqat
288
dalillar keltirsa hisobga olinmaydi. Masalan, «Nima uchun hayvonlarga
mo‘yna kerak?» degan savolga to‘g‘ri javob «Mo‘yna hayvonga uni sovuqdan
saqlan
ish uchun kerak» bo‘lishi kerak.