Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
18.2.1. Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda
testlardan foydalanish 
1.test. Ushbu test 6-7 yoshli bolalarning obrazli tafakkurini aniqlashga 
qaratilgan. 
«To‘rtinchisi ortiqcha».
Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmetlar 
tasvirlangan 10 ta kartochka ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir guruhga taalluqli. 
Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniqlashi va nima uchun orti
qchaligini 
tushuntirib berishi lozim. 
1.
Piyoz, pomidor, olma, sholg‘om.
2.
Tol, terak, qayrag‘och, atirgul.
3.
Echki, tulki, it, mushuk. 
4.
Divan, krovat, stul, narvon. 
5.
Qo‘g‘irchoq, qalam, daftar, ruchka.
6.
Tovuq, quyon, kurka, xo‘roz va hokazo.
Natijalarni tahlil qilish:
Yuqori natija: 7-
10 ta kartochkani to‘g‘ri ko‘rsatish va tushuntirish.
O‘rta natija: 
7-10 ta kartochkani yarim tushuntirishlar bilan ortiqcha 
predmetning ko‘rsatilishi. Masalan: «Ortiqcha 
predmet atirgul, qolganlari 
daraxtlar».
Past natija:
7-10 ta kartochkada ortiqcha predmetning tushuntirishsiz 
aniqlanishi. 
1-
test. Maktabga qabul qilinayotgan bolaning fikrlashi va xotirasini 
quyidagi matn yordamida aniqlash mumkin. «Kunlardan bir kuni sher kasal 
bo‘lib qoldi. U o‘z uyiga o‘rmondagi barcha hayvonlarni taklif qildi. Ularning 
ichida tulki ham bor edi. Tulki sherning uyiga kirmasdan, eshik oldida turdi. 
Sher unga: «Sen nega uyga kirmayapsan?» deb so‘raganida tulki shunday 
javob beribdi: «Men sening uyingga eltuvchi ko‘plab izlarni ko‘rdim, lekin 
qaytayotgan bironta ham iz ko‘rmadim». 
Tulkining javobini izohlab bering. 
2-
test. 
Bolalarga so‘zning antonimini topish vazifasini berib, ularning 
fikrlashi va xotirasini aniqlash mumkin: 
Baland-past, issiq-sovuq va hokazo. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin