54
rejalarga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, bolaning har bir yosh davri ma’lum bilimlarni birmuncha
ortiq darajada o‘zlashtirishga nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, shunday yosh
davrlari borki, bunda ta’lim
- tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ortiq
darajada ta’sir qila
di. Ana shunday yosh
davrlarini odatda psixik
taraqqiyotning senzitiv davri deb yuritiladi. O‘tkazilgan tajribalardan
ma’lum bo‘lishicha, bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi yoshida
gi davri
psixik taraqqiyotga nisbatan umuman senzitiv davr hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotning mazmuni tashqi faoliyat turlarining sekin-astalik
bilan ichki psixik harakatlarga aylanishidan (ya’ni eksteriorizatsiyaning
interiorizatsiyaga aylanishidan) iboratdir. Shuning uchun bolalarni ma’lum
ish-
harakatlarni yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirishda ularning e
htiyojlari va
qiziqishlariga mos keladigan faoliyat turlaridan biriga jalb qilish kerak.
Ta’lim jarayoni bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan
holda tashkil qilinsa, bu jarayon dasturlashtirilgan ta’limga aylanadi. Hozirgi
vaqtda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanish bosqichi,
uning ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishida dasturlashtirilgan ta’lim katta
ahamiyatga egadir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda mak
tabgacha ta’lim
muassasasidagi dasturlashtirilgan ta’lim bola
lard
a maktab ta’limi uchun
kerak bo‘ladigan sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik
va ijtimoiy faktorlardan
tashqari bolaning shaxsiy faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bola
psixikasining taraqqiyotida bolaning shax
siy faolligini to‘g‘ri tashkil qilib,
yo‘lga
solib turilsa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida
namoyon bo‘lib o‘sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvaffaqiyatli
bo‘ladi.
Bola psixikasi o‘yin, ta’lim,
mehnat, ijtimoiy faoliyat va munosabatlar
jarayonida taraqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o‘zgarishi bilan
turli yoshda turlicha Xarakter kasb etadi. Agar maktabgacha davrdagi
bolalarning
еtakchi faoliyati o‘yin bo‘lsa, maktab yoshidagi bola
lar faoliyati
o‘qish, o‘rganishdan ibolatdir. O‘yin, o‘qish, o‘rganish, mehnat yoki ijtimoiy
faoliyat turlari orasida keskin chegara bo‘lishi mum
kin emas. Maktab yoshi
davrida o‘yin
ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda
yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi o‘z mazmuni,
tashkil
etilishi bilan bolaning ham jismoniy, ham psixik faolligini rivojlantirish
imkonini beradi.
13
13
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti,
2017 yil.- 237-240 betlar.