47
ortish, ulg‘ayish tushuniladi. Taraqqiyot deganda esa, faqat miqdoriy
ji
hatdangina emas, balki sifat jihatidan ham o‘zgarish tushuniladi. Shuning
uchun o‘sish jarayoniga qaraganda taraqqiyot jarayoni ancha murakkab
jarayondir. Taraqqiyot oddiy miqdoriy ortishdan
tashqari bir shakldan
ikkinchi shaklga o‘tish bilan ham bog‘liqdi
r. Ana shuning uchun
taraqqiyotning tub mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lish kerak, aks holda bu
murakkab jarayonni tushunish qiyin bo‘ladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz
beradi. Bu o‘rinda qanday qarama
-qarshiliklar bolaning psixik jihatdan
taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Bolaning psixik
taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan
iborat:
1. Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi bilan yangi
ehtiyojl
ari o‘rtasida tug‘iladigan qarama
-
qarshilik. Ya’ni, bolaning ehtiyojlari
tez
ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekin
yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan tor imkoniyatlari
o‘rtasida jiddiy ziddiyat yu
zaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu
qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy etadi.
Masalan, ilk yoshdagi bolaning tili endi chiqayotgan bo‘ladi. Uning so‘z
zaxirasi deyarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari ular so‘zlarni to‘g‘
ri talaffuz eta
olmaydilar. Shu sababli bu yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol
tushuna ol
maydi. Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o‘zgalarning nutqiga
tushunishi unda boshqalar bilan faol munosabatda bo‘lish ehtiyojini yuzaga
keltiradi. Biroq
, bolaning hozirgi taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari, ya’ni so‘z
zaxirasining nihoyatda ozligi, talaffuzda qiynalishi atrofdagilar bilan faolroq
munosabatda bo‘lish ehtiyojini qondira olmaydi. Bolaning faol munosabatga
intilishi bilan imkoniyati yo‘qligi o‘rtasidagi qarama
-qarshilik
nutqni tez
o‘zlashtirish jarayonida hal etiladi. Buning natijasi
da bola psixik jihatdan
ma’lum taraqqiyotga erishadi. Bolaning imkoniyatlari ana shu tariqa oshib
borgan sari ehtiyojlari yanada ko‘payib boraveradi.
2.Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi xatti harakatlari, yangi
tashabbuslari o‘rtasidagi qarama
-qarshilik. Masalan, bolaning kichik
davridagi asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Taqlidiy
harakatlarda mustaqillik,
tashabbuskorlik de
yarli bo‘lmaydi. Bola o‘sib
ulg‘aygan sari uning o‘z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi ortib
boradi. Bola mustaqil harakatda, ya’ni har bir narsani o‘zi bilganicha qilishga
(tashabbus ko‘rsatishga) intila boshlaydi. Bunda bolaning ko‘pdan beri
o‘
rganib qolgan taqlidiy (bir qolipdagi) harakatlari bilan mustaqil va
tashabbuskorona harakatlari o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga keladi. Bu
qarama-
qarshilikni hal qilish jarayonida, ya’ni
odatlanib qolgan taqlidiy
harakatlarini
е
ngib, mustaqil harakat fo
rmalariga o‘tish ja
rayonida bola
48
psixik jihatdan taraqqiy etadi.
Quruq taqlid bilan bog‘liq bo‘lmagan mustaqil va er
kin harakatlar
bolalarga bir qator yangi malaka va odatlarni o‘zlashtirish hamda o‘z shaxsiy
hayot tajribalarini kengaytirish imkonini beradi. Bolalar mustaqil tashabbus
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarida ilgari o‘zlashtirgan turli
bilimlarini yangi sharoitlarga tatbiq qilishga o‘rganadilar.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli (muhiti) o‘rtasida
maydonga keladigan qarama-qarshilik. Odatda hayotning mazmuni uning
shaklidan biroz oldinda boradi. Masalan, bola maktabgacha ta’lim
muassasasiga qatnay boshlashidan oldin
oiladagi hayot sharoitiga
odatlangan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga kelganidan ke
yin esa
u o‘zi uchun tamo mila yangicha bo‘lgan guruh hayotining talab va
qoidalariga duch keladi. Bolalar guruhiga yangi kelgan bola darhol bu
hayotga ko‘nika olmaydi. Bolaning oiladagi xulq
-
atvori, tuyg‘u va hissiyotlari
maktabgacha ta’lim muassasasidagi
guruh hayotiga to‘g‘ri kelmaydi.
Natijada bolaning oiladagi hayot mazmuni bilan maktabgacha ta’lim
muassasasidagi yangicha hayot maz
muni o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga
keladi. Bola yangi
cha hayot mazmunini o‘zlashtirish jarayonida bu qarama
-
qarshilikni
е
ngib, psixik jihatdan yanada taraqqiy etadi va uning shaxsiy
tajribasi ortadi.
Dostları ilə paylaş: