41
asosiy psixik sifatlarning shakllanishida neytral jarayon bo'lib qolishi
mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar o'rtasidagi bahs-munozaralar
natijasida shu ma' lum bo'ldiki, hatto, munosabat ko'p jihatdan harakatga
teskaridir. Birinchidan, munosabat maqsadga ega bo'lmaydi va u ixtiyoriy
bo'lishi mumkin emas; ikkinchidan
munosabat jarayon emas, u fazo va
vaqtda chegaralanmagan; uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaniy
vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u umumlashma shaklda o'zlashtirilishi
mumkin emas. Munosabat har doim individualdir.
Biroq munosabat
harakat bilan chambarchas bog'liq. U harakatni keltirib chiqaradi, o'zi ham
harakat davomida shaklanishi va o'zgarishi mumkin. Munosabat harakat
manbai ham, natijasi ham bo'lishi mumkin, ammo bo'lmasligi ham mumkin.
Chunki munosabat har doim ham tashqi faollikda namoyon bo'lmaydi.
Qolaversa, inson ayni damda yoki umuman mavjud bo'lmagan, faqat uning
o'z ongida mayjud narsalar bilan ham qandaydir munosabatda bo'lishi
mumkin.
V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, munosabat sub'ekt va ob'ekt
mavjud bo'lgan joyda vujudga keladi. Odamning psixologik munosabatlari
uning ob'ektiv voqelik bilan bo'lgan
ongli aloqalami ifodalaydi
V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini ajratib ko'rsatdi:
Tabiatni idrok etish ko'p jihatdan ijtimoiy tajriba ta'siriga tobe
bo'ladi, odamning o'ziga bo'lgan munosabati uning boshqalarga bo'lgan
munosabati va boshqalarning unga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi.
Shu sababli psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning
boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga
ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, odamning atrof
Dostları ilə paylaş: