3.1.3. L.S.Vigotiskiyning konsensiyasida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlari L.S.Vigotskiy o'z kontsepsiyasida bola psixik taraqqiyotining to'rt
asosiy qonunini ta'riflab berdi. Bu qonunlar quyidagilardan iborat:
1. Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuni. Bu qonunga ko'ra
bolaning rivojlanishi o'z sur'atlariga ega, bu sur'atlar vaqt ritmiga to'g'ri
kelmaydi. Shuning uchun chaqaloqlikdagi hayotning 1 yili o'smirlikdagi 1
yilga teng bo'lmaydi.
2. Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni. Bu qonunga ko'ra,
rivojlanish sifat o'zgarishlarning zanjiridan iborat. Bola kamroq biladigan,
qo'lidan kamroq narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatdan
kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir.
3. Bola taraqqiyotining notekislik qonuni. Bu qonunga ko'ra, bola
psixikasining har bir tomoni o'z taraqqiyotining optimal davriga ega
bo'ladi, har xil psixik fiinksiyalar notekis, noproportsional rivojlanadi.
4. Oliy psixik funksiyalarning shakllanish qonuni. Bu qonunga ko'ra,
har qanday oliy psixik funksiya avval bolaning atrofdagilar bilan bo'lgan
munosabatida namoyon bo'ladi, keyinchalik u individual sohaga ko'chadi.
Shuningdek, L.S.Vigotskiyning ta'kidlashicha, bola taraqqiyotida barqaror
davrlar inqirozli davrlar bilan almashadi.
Inqirozlar ikki yosh davri to’tashgan joyda, bola psixikasi va xulq —
atvoridagi eski xususiyatlarning yo'qolib, yangilari shakllanishi davrida
ro'y beradi.
Demak, L.S.Vigotskiy psixologiyada madaniy - tarixiy yondashuvga
asos solgan. Mazkur yondashuv bolalar psixologiyasidagi nazariy va amaliy
muammolarni hal qilishda ham katta ahamiyatga egadir.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. L.S. Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi mohiyatini
tushuntirib bering?
2. L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning
harakatlantiruvchi kuchi nimada?
37
3. Rivojlanishning eng yaqin zonasini mazmunini tushuntirib bering?