sharhlash guruhi genetik
va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot
davomida to’plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo’sinda
sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi - sinaluvchida
vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish
jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta’rif hamda
tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning
namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga,
paytlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug’iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish
bosqichlarining bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi
bilan
tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlar,
o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta’sir va uyg’unlikning o’zaro
bog’lanishlari o’rganiladi. Jumladan, inson nutqini idrok qilish uchun
sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda birgalikda
qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining
ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning
o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribada to’plangan
ma’lumotlarni sharhlash uchun
yuqoridagi metodlarning o’zi
еtarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo’l
qo’ymaslik maqsadida yig’ilgan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib
sharhlanadi. Tadqiqotning birinchi - tayyorlov bosqichida kashf
qilinadigan
psixologik qonun yoki qonuniyat to’g’risidagi taxmin, faraz
tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida tajriba o’gkazish printsipi,
sharoiti, ob’ektiv va sub’ektiv omillar bo’yicha mulohaza yuritiladi.
30
Uchinchi bosqichda esa olingan miqtoriy natijalar qayta ishlanadi va bu
ham o’z navbatida to’rt pog’onaga bo’linadi: