Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
2.2.4. 
B.G.Anan’ev bo’yicha metodlar klassifikatsiyasi
 
Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga 
bo‘linadi:
I.
Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari 
kiradi. Taqqoslash - umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato-
psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Yosh va pedagogik 
psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning din
amikasini aniqlash 
uchun qollaniladi. Longityud - (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil 
kishilar o‘rganiladi. Kompleks 
- psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar 
metodlari ishtirokida o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va 
ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). 
9
Jalilova S.X.,
Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 29-38 betlar 


26 
II.
Empirik metodlar: kuzatish va o‘z
-
o‘zini kuzatish; eksperimental 
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); 
faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. 
III.
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari
: miqdoriy (statistika) va 
psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV.
Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Genetik 
metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib 
ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha 
Xarakter
istikalari o‘rtasidagi «gorizontal» aloqalar an
iqlanadi.
10
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni 
tashkiliy guruhi
o’z ichiga 
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan 
turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial 
psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini 
o’zaro taqqoslash), tibbiyot psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning 
psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning 
holati, uquvliliga va ishchanligini o’zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli
foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi 
odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni
o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning 
tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llanadi. Psixologlardan
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.El’konin,
P.Ya.Gal’perin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar
(chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smi
rlik, 
o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib 
amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab 
chiqarishda «inson omili» muammosining ko’tarilishi, vaqt taqchilligi,
ishchanlik imkoniyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat 
kasb etishi mazkur metodni keng qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan 
tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishda ham 
qiyoslash metodi qo’llanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgari
shlarni 
ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini alohida - alohida tahlil qilish, 
masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdaga odamlarga 
qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga diqqat

e’tibor 
ortib borayotganidan dalolatdir. 
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda 
longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan 
farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n yillab 
10
Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. Toshkent. “O’zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati” nashiriyoti, 2018 yil.
- 218-bet. 


27 
tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, 
fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, 
N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki 
aralash jinsli (Hasan- Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning 
uchun qator tadqiqotlarning "ona kundaligi" (N.A.Menchinskaya, 
V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik 
guruhni) kuzatish unda paydo bo’layotgan 
yanga fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq- atvoridagi 
illatlarni (xatti-harakat) va ularning odatini olish tadbirlarini, murakkab
psixologik munosabatlari, ichki bog’lanish qonuni
yati, mexanizmi 
to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini 
yaratadi. 
Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillarning o’ziga xosligini,
ob’ektiv shart
-
sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri 
o’rganiladi.
Chunonchi, egizaklarning o’xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi,
his-
tuyg’usining o’zgarishi, kishilar o’rtasidagi individual farqlar 
(ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazolar)
bo’yicha ma’lumotlar olish longityud me
todi bilan amalga oshadi. 
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik
tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv
omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) yaxlit dastur asosida
boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, 
kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar) bilan birgalikda 
tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo’sindagi ilmiy
-
tadqiqot ana shu ko’p qirrali (kompleks) yondashishni talab qil
adi.
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi,
muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida, tadqiqot ob’ektiga tizimli 
yondashish tamoyili amalga oshirilmoqtsa. Kompleks metod yordamida
o’rganilayotgan ob’ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil
qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni 
o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, 
kompleks yondashish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning fals
afiy, mantiqiy,
fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning 
biologik omillarini o’rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy 
jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. 
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari
ilmiy ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda 
katta yordam beradi. 
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin