Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Sotsiometriya metodi va biografiya (tarjimayi hol) metodi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
2.2.2. Sotsiometriya metodi va biografiya (tarjimayi hol) metodi 
 
Sotsiometriya metodi
. Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal 
ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni qayd qilish 
texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno 
asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har b
ir a’zoning 
o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qayli faoliyatlarda kim bilan birga 
qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval 
shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savollarga javob 
berish talab qili
nadi: «Sen sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», 


22 
«Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni 
bo‘lib yashashni yoqtirasan?», «Partada kim bilan yonma
-
yon o‘tirishni istar 
eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini 
bajaradi va turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. 
Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb 
tanlashi lozim. 
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta 
«maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar 
bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘gri 
keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari doira va uchburchaklar 
strelkalar bilan biriktirilganda o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga 
ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning lideri, 
eng yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul bilan shaxslararo 
munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniqlanadi. Qizlar va o‘g‘il bolalar 
o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh ko‘rsatkichlari xususiyatlari bilan 
taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar, ularning 
o‘ziga xosligi, psixo logik mexanizmlar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan 
birga nazariy ahamiyatga mol
ik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar 
beriladi, tavsiyalar bildiriladi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin