21
qaratilgandir. Unda savol va 3-4 ta javob beriladi, shulardan javobning eng
to‘g‘risini topish talab qilinadi. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi
ham mumkin.
Proyektiv testlarda
testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi.
Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshir
iqni bajarayotib
nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning
«Siyoh dog‘lari» testi, tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning
proeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. 1921
-
yilda kashf etilgan «Siyoh dog‘lari» va ularga qarab tekshiriluvchining
nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning
shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlarga munosabati,
ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda
noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va
natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi.
Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va
ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik
darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z
yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini
ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektu al
testlar
katta ahamiyatga ega. Intellektual testlarda bolalarning umumiy aqliy
taraqqiyot darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalarning o‘yin faoliyatlari
bilan bog‘lansa, bola
lar bunday vazifalarni bajon-u dil bajaradilar. Masalan:
biron butun narsa
ning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini
yig‘ib murakkab va chiroyli animatsiyalar yasay olish, turli labirintli
suratlardan to‘g‘ri yo‘lni topa bilish vazifalarini bajarishda foydalanish
mumkin. Masalan: test metodida bolalarga topshiriladigan vazifalar bir
necha variantda bo‘lib, ular kuchlari
е
tgan variantlardagi vazifalarni
bajaradilar. Har bir bajarilgan vazifaga ball sistemasida baho qo‘yib boriladi.
Vazifalardan qanchasini bajarganligi va to‘plangan baliga qa
rab, bolalarning
o‘rtacha tar
aqqiyot darajasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: