Testlar - hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv metodlaridan
biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash,
tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy
o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini
tekshirishda qo‘llaniladi. Testlar, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli
yo
ki iste’dodli
emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilarni saralashda keng
qo‘llaniladi.
1905-
yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon
insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi
g‘oyasi
ni ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodining bir necha
xillari qo‘llana boshlangan edi.
Psixologlar K.M. Gurevich, V.A. Krutestkiy, E.I. Rogov va boshqalar
qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tuzilgan. Ular testlar
tafakkur ko‘rsatkichi bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga
ham erishdilar. Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga
yaroqliligini aniqlashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari
keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda nodir testlar
qatoriga psixo loglar
Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi,
Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-
so‘rov, test
-topshiriq,
proyektiv testlar, intellektual testlar.
Test-
so‘rov
-
eng ko‘p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish
harakatlari, intellekt testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs
«loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi. Testlarning «Yetishmagan so‘z yoki
raqamlarni topib, o‘rniga qo‘ying» singari shakllaridan qobiliyatni,
kuzatuvchanlikni, xotirani tekshirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning
bor yoki yo‘qligini aniqlashga yoki bu kasb sohasida ishlash uchun
layoqatlilik darajasini va hokazolarni bilishga harakat qilinadi.
Test-
topshiriq o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda qo‘llanilib,
o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bilishlarini aniqlashga