15
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin
faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar,
mehnat faoliyatlarida xilma
-xil psixik
jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish
mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni
tanlab vaqti-vaqti bilan
o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda
ularning barcha fe’l
-atvorlari va xattiharakatlari kundalik faoliyatlari
davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki
bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar
tahlil qilinib,
bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda
bolaning barcha psixikasi emas,
balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi
bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodi
bolalar taraqqiyotining
sermazmun qirralarini o‘rganish va undan olingan dalillarni
kundaliklarga
yozib borib o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi
kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch. Darvin tomonidan nashr etilgan.
Undan so‘ng N.N. Ladigina Kots, N.A. Menchinskaya, V.S. Muxina va
boshqalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan izchil ravishda yozib borgan
o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Dostları ilə paylaş: