14
savollar tashlash) ham foydalanish mumkin. Uy va turli turmush
sharoitlarida bolani kuzatish uning o‘qishga, o‘z
-
o‘ziga, o‘rtoqlariga, katta
kishilarga
munosabatini o‘rganishga va shaxsiy fazilatlari haqida xulosa
chiqarishga imkon beradi. Bunda kuzatish metodining subyektiv (o‘z
-
o‘zini
kuzatish), obyektiv (tashqaridan kuzatish) usullaridan keng foydalaniladi.
Psixologiya fanida obyektiv kuzatish, ya’ni tashqi kuzatish metodidan
ham keng foydalaniladi. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum
maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik
jarayonlari (sezgilari, idroklari, xotira va tafakkurlari) hamda shaxsiy
psixologik xususiyatlari (qobiliyatlari, layoqatlari, temperamenti, Xarakteri)
o‘rganiladi.
Tashqi kuzatish hamma vaqt ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lib
aniq bir reja bilan kuzatishni taqozo etadi. Reja bilan kuzatilganda u yoki bu
psixik jarayon atroflicha chuqur o‘rganiladi. Lekin shunga qaramay tashqi,
ya’ni obyektiv kuzatish metodining salbiy tomonlari ham bordir. Obyektiv
kuzatish metodi bilan tekshirishning asosiy xususiyati shundan iboratki,
bunda biron-bir psixik jarayon tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, xuddi
shundayligicha olib tekshiriladi. Bu ma’lum noqulayliklar tug‘diradi, chunki
ayni shu psixik jarayonning biron tomonida chuqurroq tabiiy sharoit yuzaga
kelishini poyla
shga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda ko‘p vaqt talab qiladi. Obyektiv
kuzatish metodi orqali to‘plangan ma’lumotlar maxsus kundaliklarda qayd
qilib boriladi va yarim yoki bir yil o‘tgach, to‘plangan ma’lumotlar atroflicha
analiz qilinib, ma’lum xulosalarga kel
inadi.
Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum
maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog
bolalarning xulq-atvorlari va xattiharakatlarini ularning turlituman
faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish
metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak:
Dostları ilə paylaş: