12
II-BOB. BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI
FANINING METODLARI
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Metod haqida tushuncha
2.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanida kuzatish
metodi
ning qo’llanilishi
3.
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanida eksperiment metodi
2.1. BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI FANINING
ASOSIY METODLARI
2.1.1. Metod haqida tushuncha
Aniq
izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha
predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash
uchun maxsus
usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi.
Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’s
ha
metodlar
yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq
bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar
masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi.
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan
ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar
bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i
o’z vazifalarini
еchish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab
metodlarni sinovlardan o’tkazib,
eng ishonchli va mukammallarini saqlab
qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar
nazariyasining psixologiya
sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir
metodning
ishonchlilik
darajasini aniqlash,
qolaversa, to’plangan
ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam
beradi.
6
Dostları ilə paylaş: