Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

1.2. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti 
 
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri turli 
yoshdagi bolalarga sezish, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, xayol, hissiyot 
va iroda kabi psixik jarayon
lari va holatlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy 
etishi hamda takomillashuvining 
qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. 
Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi 
va bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir qiluvchi omillarni chuqur 
analiz qiladi. 
Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixo
logik xususiyatlari 
qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki 
muayyan konkret omillarning qonuniy ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. 
Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash 
bilan 
bolalar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar shaxsi 
va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi kabi muhim ilmiy 
tushuncha va natijalarni o‘rganib, har tomonlama rivojlanishga 
yo‘naltirilgan barkamol shaxsni tarbiyalab
е
tishtirish qonuniyatlarini ochib 
beradi. 
Bolalar psixologiyasi o‘zining 
murakkab predmetini
tatbiq qilishda 
psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga asoslanadi hamda bola 
ongining ijtimoiy-hissiy, psixofiziologik ji
hatdan hayotga bog‘liqligini 
isbotlab beradi. Tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan 
xabardor bo‘lish bolala
r psixologiyasida, bolalar psixik taraqqiyotini 
o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini 
egallab, shaxs bo‘lib
еtishishi davomida to‘g‘ri yo‘l topishga yordam beradi.
1.3. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining asosiy
tamoyillari va tushunchalari 
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo

nalishda 
kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va 
bolalar psixikasini o

rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. 
Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda 
ushbu muammo bilan shug

ulangan asosiy psixologik maktablar va 
yo

nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini 
o

rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik 
2
Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi
. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y.4-bet. 



taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat 
qiladigan metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
Bola psixikasini o

rganishda tadqiqotchi bir qator prinsiplar 
qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo

ladi. Bu tamoyil 
(prinsip)lar quyidagilardan iborat: 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin