13
tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masala
n, D.B.Elkonin kichik, o’rta va
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning syujetli-
rolli o’yinlariga xos
xususiyatlarni o’rganib, o’zaro solishtirib bolalar o’yinlari taraqqiyotiga xos
umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko’ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda
as
osiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratilishi kerak. Farq
qanchalik kichiq bo’lsa, psixolog
-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi
muhim o’zgarishlarni payqash uchun ko’proq imkoniyatga ega bo’ladi.
Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha
bolaning muayyan vaqt oralig'idagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz
ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o'tishda bola psixikasi va hulq-
atvorida ro'y beruvchi o'zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha
ta'lim tashkilotida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan bo'lsa, muassasaga
endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o'rganish orqali dasturning
bola taraqqiyotiga ta'sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin
bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda
longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha
murakkab va ko'p vaqt talab etadi.
7
Dostları ilə paylaş: