4
I-BOB. BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANING PREDMETI VA VAZIFALARI Bobning qisqacha mazmuni: 1.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining rivojlanish tarixi 2.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining predmeti 3.Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining asosiy tamoyillari va tushunchalari 1.1. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining rivojlanish tarixi Bolalar psixologiyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u XIX asrning
ikkinchi yarmida umumiy psixologiyadan mustaqil fan sifatida ajralib
chiqqan. Bolalar psixologiyasi bolalarni o‘rganuvchi fandir. Biroq bolalarni
faqat bolalar psixologiyasi emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Bolalar
psixologiyasi bolalarni maxsus tarzda psixologik j
ihatdan o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi - bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab to maktab yoshiga е tgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etish qonuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganadigan fan . Bola
odam sifatida tash
qi jihatdan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining
psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarining mazmuni jihatidan
katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Bolalarda hali turmush tajribasi
deyarli yo‘qligi sababli ularning sezgi va id
roklari, tafakkur va xayollari,
hissiyot va irodalari katta yoshli odamlardagidek bo‘lmaydi. Bolalar
psixologiyasi har bir taraqqiyot bosqichidagi (ya’ni go‘daklik, ilk yosh va
maktabgacha yoshdagi) psixik jarayonlarning rivojlanib borishini
o‘rganadi.
1
Bolalar psixologiyasi
–
psixologiya fanining alohida tarmog
‘
i bo
‘
lib, u
turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini,
shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o
‘
tish qonunyatlarini
o
‘rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’
tibori tug
‘
ilgandan
е
tuklik
davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.
D.B.Elkonin ta’kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida
shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish
qobiliyati go
‘
daklikdan
е
tuklik davrigacha murakkablashib va
1
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. Toshkent.
“Faylasuflar” nashiriyoti,
2017 yil. - 225 bet.
5
takomillashib boradi. Ushbu jarayoning o
‘
ziga xos xususiyatlari, uning
qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
2