23
Bola biroz o‘ylab turgach, yaxshi ko‘rgan bolalaridan birining shkafiga qo‘yib
qo‘yadi. Guruhdagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng
eng ko‘p sovg‘a kimning shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana shu
ma’lumotlar asosida bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlariga doir
sotsiogramma tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a (o‘yinchoq) qo‘yilgan
bola
guruhning eng sevimlisi va shkaliga bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola
guruhning inkor qilgan, ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi va bu bola
bilan korreksion ishlar olib bo riladi.
Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Har bir tarbiyachi o‘z guruhidagi
bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu bilan
birgalikda tarbiyachi bolalarga nisbatan individual muno sabatda
bo‘lishning to‘g‘ri yo‘l
-
yo‘riqlarini belgilash maqsadida har bir bolaning
individual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilishi lozim. Ilk yosh va
kichik guruhlarda sotsiometriya metodini qo‘llash deyarli natija bermadi. Bu
yoshdagi bolalarda faqat «o‘zim» degan tushuncha ustun bo‘lgani sababli
kichik guruhdagi bolalar bilan o‘tkaz
ilgan tajribada quyidagi natijaga
erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik. Tajribada qizcha katta qo‘g‘irchoqni tanladi
va o‘zining shkafiga olib borib qo‘ydi. Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u
menga yoqadi» dedi. Mir
- jalol 3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani
tanladi. «Shu
еrdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda u
tarbiyachisiga olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shunga o‘xshash
natijalar ko‘rildi.
Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyi
dagi
natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi. Avvaldan tayyorlab
kelgan turli rang-
barang predmetlar, o‘yinchoqlar, gullar tasvirlangan rasmli
kartochkalarni stol ustiga o‘ng tomoni bilan qo‘yildi. Bolalarni navbatma
-
navbat chaqirib «O‘zingga juda yoqgan rasmni tanlab ol!» deyildi. Hamma
bolalar olib bo‘lgach, «Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz, endi shu rasmli
kartochkani shu
еrdagi o‘zing eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb
aytilganda ba’zi bolalarda ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochkalar hosil
bo‘lgan. Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash natijalarga erishilgan.
Demak, sotsiometriya metodining natijalariga ko‘ra tarbiyachi va psixolog
bolalar bilan yakka tartibda ishlar olib borishni bilishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: