24
e’tiqodlari, g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan munosabatlari,
maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday ma’lumotlarga asoslanib u
yoki bu o
dam haqida ma’lum xu losa chiqarish mumkin. Biografiya metodi
xususan bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy kuzatishga
dastlab mashhur tabiatshunoslardan Charlz Darvin asos solgan. U bola
psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid o‘zining kundalik xotira tipidagi
asarini nashr ettirgan. Hozirgi kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda
ochib beruvchi ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng
mashhuri N
.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti», «Ona
kundaligi» nomli ilmiy
-biografik asarlaridir. Bunday ilmiy-biografik
asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday kundaliklar bola
taraqqiyotining katta bir davrini (masalan, 1 yoshdan 7 yoshgacha
bo‘lgan
davrni) qamrab oladi.
Ma’lumki, bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir
tarzda munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan
bolaning qayli yosh davrida unga nisbatan qanday muno
sabatda bo‘lishni
belgilashda biografiya metodi tarbiyachilar va yosh ota-onalarga katta
yordam berishi mumkin.
Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan tarbiyachi
ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni to‘g‘ri tashkil qila oladi.
Bolalarning shaxsiy psixologik xus
usiyatlarini biografik tarzda o‘rganishda
yozuvchilarning avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yo
zuvchilar nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular o‘zlarining
asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turli cha namoyon bo‘li
shini
obrazli qilib ochib beradilar. Bunday avtobiografik asarlar orqali
odamlarning ayrim tiplari, Xarakterlariga xos xususiyatlari, qobiliyat va
qiziqishlari, dunyo qarashlari, ishonch hamda e’tiqodlari, axloqiy sifatlari
qanday ijtimoiy-
tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topishini bilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: