25
ko‘p tomonlarini ko‘rishim
iz mumkin. Shu sababli odamning faoliyati
mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish metodi psixologiyaning yordamchi
metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik
va sotsial psixo logiyada ancha keng qo‘llaniladi.
Bolalar ham xuddi
katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan
mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan
ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar,
bolalar faoliyatining asosiy maqsadi bilib olish, o‘rganish
da asoslanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari
—
o‘yin, rasm chizish,
plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu
kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilarning
topshiriq va takliflari bi
lan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim
hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni
bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega
bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoliyatining natijasiga qarab o‘r
ganiladi.
Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki
plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi.
Ma’lumki, bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari
va ongida yuzaga kelayotgan turli tasavvurlar hamda atroflaridagi narsa va
hodisalarga bo‘lgan munosabatlari o‘z ifodasini topadi. Ana shu jihatdan
bolalarning chizgan rasm l
ari dan faoliyat mahsulini o‘rganish sifatida
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli yoshdagi bolalarning ishlagan
r
asmlarini analiz qilish orqali ularning ayni chog‘dagi ehtiyojlari, mayl
-
istaklari, qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini, bola yashayotgan oila
muhitini ham o‘rganish mumkin. Shu sababli bu metoddan ham bolalar
psixologiyasida keng foydalaniladi.
9
Dostları ilə paylaş: