Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

1. Kuzatishning aniq maqsadi 
va rejasi bo‘lishi kerak. 
Masalan: bolalar diqqatining 
barqarorligini yoki tafakkur 
bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila 
olish qobiliyatini kuzatish.
2. Bola shaxsining 
yaxlitligi prinsipiga 
asoslanib, ya’ni 
analitik-sintetik 
nuqtayi nazardan 
kuzatish.
3. Bolani jamoada 
va jamoa a’zosi 
sifatida o‘rganish
.
4. Kuzatish tabiiy sharoitda olib 
borilar ekan, bolalar o‘zlarining 
kuzatilayotganini mutlaqo 
bilmasliklari kerak.
5. Kuzatishlardan yaxshi natijalar 
olish uchun, ularni turli sharoitlarda, 
shaxs xislatlarining turli xil namoyon 
bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, 
kun sayin o‘rganish kerak.


15 
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin 
faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma
-xil psixik 
jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish 
mumkin. 
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan 
o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda 
ularning barcha fe’l
-atvorlari va xattiharakatlari kundalik faoliyatlari 
davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki 
bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, 
bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda 
bolaning barcha psixikasi emas, balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi 
bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodi bolalar taraqqiyotining 
sermazmun qirralarini o‘rganish va undan olingan dalillarni 
kundaliklarga 
yozib borib o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi 
kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch. Darvin tomonidan nashr etilgan. 
Undan so‘ng N.N. Ladigina Kots, N.A. Menchinskaya, V.S. Muxina va
boshqalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan izchil ravishda yozib borgan 
o‘z kundaliklarini nashr etganlar.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin