16
davomida o‘tkazilgan pedagogik
-psixologik eksperiment natijasida
ta’limning eng ma’qul usul
lari ishlab chiqilgan.
Bolalar psixologiyasida eksperimentning
har ikkala turidan keng
foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning
o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya
sharoitida o‘tkaziladigan
eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda
o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida
o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda
o‘tkaziladigan mashg‘ul
otlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan:
turli yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda
tabiiy
eksperi
ment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar,
parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni
aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu
narsalarni qanday belgilariga qarab gu ruhlarga ajratishlarida ularning
umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida
o‘tkaziladigan bunday eks
perimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi.
Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi
eksperiment metodidan
ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib
toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshida
gi bolalar ayni bir
vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila
olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning
bo‘laklariga qarata olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali
bolalarga bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish
o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish
mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar - doira, kvadrat, kublardan
foydalaniladi).
Pedagogik
eksperiment orqali biron
ta’lim
-tarbiya metodining
effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik
eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment
orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga
o‘rgat
ilsa, peda
gogik eksperiment orqali biron ta’lim
-tarbiya metodining
afzalligi aniqlanadi. Masalan, biron tadqiqotchi bolalarga ta’limiy
mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llashni
tavliya qilsa, uni pedagogik eksperiment metodi
orqali sinab ko‘radi. Buning
uchun oldindan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib,
bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi. Shundan so‘ng
tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogik texnologiya metodi bilan
elementar m
atematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Kontrol guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi an’anaviy
metod bilan
17
davom ettiriladi. Bir-
ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalar
ning
o‘zlashtirishi taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperiment
al guruh bolalarining
yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari sinov guruhidagi bolalarning
o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa
hamma mak
tabgacha ta’lim muassasalariga ham tarqatiladi. Agar nati
ja
aniqlovchi guruhdagi bol
alarning o‘zlashtirishidan yomon, ya’ni past bo‘lib
chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
8
Dostları ilə paylaş: