Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3.2. A.N.LEON

TEVNING FAOLIYAT NAZARIYASI VA 
V.N.MYASISHCHEVNING MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASIDA BOLA 
PSIXIK TARAQQIYOTI QONUNIYATLARINING YORITILISHI
 
3.2.1.A.N.Leon

tevning faoliyat nazariyasi mazmuni va ahamiyati 
A.N.Leon

tev (1903-1979) - mashhur rus psixologi, faoliyat 
nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi 
tamoyiliga asoslangan. Ushbu nazariyaga ko'ra, faoliyat. sub'ektning 
predmetli olam bilan bo'lgan ta'sirlashishi jarayoni bo'lib, bu jarayon unga 
o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi. Faoliyat - bu faol, 
maqsadga yo'naltirilgan jarayondir. Predmetlilik faoliyat bilan bog'liq. 
Ehtiyoj - individdan tashqarida bo'lgan, ammo individ normal hayot 
kechirishi, shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo'lgan narsalarga nisbatan 
zaruratni his etish holati. Motiv -ehtiyojning namoyon bo'lish shakli,insonni 
faoliyatga undaydigan sabab, y'ani faolyatning nima uchun amalga 
oshrilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsad sari 
undaydi. Maqsad -faoliyatdan kutilayotgan natija. Faoliyat quyidagi 
darajalarga ega bo'ladi: 
Har qanday faoliyat ma'lum harakatlar ketma-ketligi shaklida amalga 
oshadi. Harakat maqsadga erishish uchun yo'naltirilgan ongli faollik, 
faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog'liq ravishda turli 
usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari 
operasiyalar 
deb 
ataladi. 
Operatsiyalar-avtomatlashgan, 
odatda 
anglanmaydigan harakatlardir. Faoliyat o'z motivini yo'qotishi va 
1. Maxsus 
faoliyat turlari 
darajasi
2. Harakatlar 
darajasi
3.Operatsiyalar 
darajasi 
4.Psixofiziologik 
funksiyalar 
darajasi


40 
harakatga aylanishi, harakat esa maqsadi o'zgarishi bilan operatsiyaga 
aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko'zlangan maqsad 
butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va natijada 
maqsad motivga aylanib qolishi ko’zatiladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin