49
e’tirof etiladi.
2.
Integratsiya qonuni inson
psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida
tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb
eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot
davomida bora-bora kishining asosiy xususiyatiga
yoki Xarakter xislatiga
aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan
bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik ho latlarning asta
-
sekin o‘sib, shaxs xislatlariga aylanishidan iborat bo‘lgan qonundir.
3.
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab
tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bo
la
ijtimoiy
munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, taqlid
qiladi. Natijada u aqliy
tomondan shakllanadi. Ta’lim
-tarbiya sharoitida
bolani,
maktab
o‘quvchisining
psixikasini
maqsadga
muvofiq
o‘zlashtirishning boy imkoniyati asab tizimining
ana shu plastikligiga
asoslanadi. Plastiklik
kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun
ha
m yo‘l ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki
nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqligi bilan
kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi
nuqsonlar qisman, eshitish
analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bi
lan kompensatsiya qilinadi.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga ta’lim
-tarbiya berish jarayonida psixik
taraqqiyotning qonunlariga amal qilishlari
va bolaning taraqqiyot
xususiyatlarini bilishlari maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: