Ў з б е к и с т о н д а в л а т с т а н д а р т и


 Kasbiy ta’lim xususiyati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix01.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#170983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
MT 30610201-Apparat va dasturiy ta\'minot sozlovchisi

2. Kasbiy ta’lim xususiyati 
2.1. 30610201- Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbi doirasida 
beriladigan kvalifikatsiyalar: 
1.Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi.
Umum ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan 
guruhlarda 2 yillik.
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan 
shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish 
muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan 
birortasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom 
beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan 
kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi. 
2.2. Ruhiy-fiziologik fazilatlar minimumi: kuzatuvchanlik, diqqatni bir joyga 
qaratish, fikrni jamlash, qo‘l-oyoq harakatini jarayonga moslashtirish, har 
tomonlama tez fikrlash va faraz qilish, yorug‘likni sezish, faol va tez xotirlash
harakat xotirasi va moslashuvchanlik. 
2.3. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari. 
30610201-Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi kasbi bitiruvchisi 
keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida: 
-
kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va 
maxsus kurslarida malakani oshirishi; 


- kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish 
maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin. 
2.4. O‘qishga qabul shartlari.
O‘qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi. 
3. Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi 
3.1. Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi: 
Kompyuter texnologiyalari bilan ishlovchi obyektlarda texnologik vositalar 
yordamida raqamli axborotlarni yaratish va qayta ishlashni texnika xavfsizligi va 
mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin