13
kurs iishida qo„llanilgan metod va metodologiyalar;
jadvallar, grafiklar, sxemalar, diagrammalar;
xulosalar.
Kurs ishi himoyasi muvaffaqiyatli o„tishi talabaning o„z fikrlarini aniq va
ravshan, tushunarli va ravon ifoda etishi, tayyorlangan materiallarning sifati hamda
ularni
ishtirokchilarga
yetkazib
berish
bilan
belgilanadi.
Kurs
ishi
videoproyektorda taqdim etiladi.
Taqdimot materiallar 12-15 slaydlardan oshmasligi kerak. Slaydlar
raqamlangan bo
‘
lishi keark. Bu esa taqdimotning yakunida ishtirok etuvchilarning
savollar berishlarida slaydlarning raqami bilan bog
‘
lashlari uchun qulaylik
yaratadi.
Birinchi slayd titul hisoblanib, titul slaydida kurs ishining tituli aks ettiriladi.
Keyingi slaydlarda ishning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari va boshqa
materiallarni kiritish mumkin.
Kurs ishini topshiruvchi talabaning taqdimoti 10-15 daqiqa davomida
tinglanadi. Taqdimotdan so„ng kurs ishi rahbarining taqrizi o„qib eshittiriladi.
Hay‟at a‟zolari tomonidan berilgan savollarga talaba aniq va tushunarli qilib javob
berishi lozim. Rahbar taqrizi bo„yicha noroziliklar bo„lsa himoyachi kamchiliklar
to„g„rilanganligi to„g„risida gapirib o„tishi lozim.
Kurs shi himoyasi davomida talabaga berilishi mumkin bo„lgan savollar
mavzuga taalluqli bo„lib, olib borilgan tadqiqotlar hamda ularning natijalariga
bog„liq bo„ladi. Savollar soni taqdimotning mazmuni va sifatiga bog„liq bo„ladi.
Komissiya a‟zolariga talabaning bergan javoblari aniq va asosli bo„lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: