12
maslahat berish hamda shunga tegishli mulohazalarni taqriz varag„iga yozib
qo„yish;
-
taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko„rsatish
bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati
yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;
-
kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o„zida yoziladigan
mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya‟ni qaysi savollar
mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondashganligini, qaysi birlarini to„ldirish zarur
ekanligini ko„rsatish;
-
nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog„lab olib borilish
darajasini ko„rsatish;
-
talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali mavzuning mohiyatini
chuqur, atroflicha o„rganib, hozirgi zamon sharoitidagi xususiyatlardan kelib
chiqqan holda mavzuning yoritib berilganlik darajasini baholash.
Kurs ishiga taqriz yozishda taqrizchi talabalarga to„g„ri maslahat berib,
amaliy yordam ko„rsatadigan darajada kurs ishini tahlil qilib, taqriz yozish
o„qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir.
Kurs ishini tahlil qilishda o„qituvchi har bir betda uning kamchiliklarini
yozib ko„rsatishi zarur. Bunda kamchiliklarni aniq va ravshan qilib yozish lozim.
Bunday yozilgan taqrizdan talaba o„zi yo„l qo„ygan xato va kamchiliklarini tezda
tushunadi hamda uni bartaraf qilish yo„l-yo„riqlarini olish imkoniyatiga ega
bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: