O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
korporativ boshqaruv

Ikkinchi 
paragraf
 
odatda 
muayyan
 
tadqiqot 
ob‟yekti bo„yicha 
o„rganilayotgan muammoning umumiy holatini tahlil etishga bag„ishlanadi. 
O„rganilayotgan ob‟yektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini tahlil etish 
yetarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy 
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Kurs ishida tadqiqot ob‟yektining 3-5 yillik 
ma‟lumotlari tahlili asos qilib olinishi lozim.
Uchinchi paragrafda
 
muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish 
bo„yicha takliflar va tavsiyalar, uslubiy yondashuvlar ishlab chiqadi, ilgari 
surilayotgan taklif va g„oyalar ham ilmiy ham amaliy jihatdan asoslanadi. 
Uchinchi paragraf ustida ishlash talabadan chuqur tayyorgarlikni talab etadi. 
Buning uchun ilmiy adabiyotlar va amaliy xarakterdagi ma‟lumotlarning yetarli 
bo„lishi kifoya qilmaydi. Ushbu paragrafni tayyorlashda talabaning ilmiy-
tadqiqotlar olib borishga qodirligi, muammoni chuqur tahlil eta olishi va murakkab 
ishlab chiqarish sharoitlarida to„g„ri qarorlar qabul qila olishi namoyon bo„ladi. 
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar 
bo„lgan, zaruriy me‟yoriy hujjatlar bilan ta‟minlangan, ishlab chiqarishni tashkil 
etish va ilg„or texnologiyalarni qo„llash bo„yicha tavsiyalar bilan qurollangan, 
xo„jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo„lsagina ilmiy asoslangan xulosa 
va takliflar bera olishi mumkin.
Kurs ishining “Xulosa” qismini yozish bo„yicha ko„rsatma:
Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda 
talaba olib borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va 
takliflar aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid 
masalalarni o„zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va 
vazifalarga to„liq mos kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday 
yechilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq natijalarga, tajribalarga asoslangan 
holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar bilan 
mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin