KURS ISHINING TUZILISHI VA BAJARISH TARTIBI Kurs ishini bajarish rejasi rahbar tomonidan beriladi.
Kurs ishining tuzilmaviy elementlari quyidagilar hisoblanadi: titul varag„i,
reja, mundarija, kirish, asosiy qism (2-3 bob), xulosa (xulosa va takliflar),
foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati, ilovalar.
Kurs ishinngi taxminiy mundarijasi Mundarija
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
Ilova
Kurs ishining hajmi 20-30 betni tashkil qiladi (ilovalarsiz).
Kurs ishining “Kirish” qismini yozish bo„yicha ko„rsatma: Kurs ishining kirish qismida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning istiqbolli yo„nalishlaridan kelib chiqqan holda tanlangan mavzuning
dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, mavzuning o„rganilganlik darajasi, maqsadi
va vazifalari, tadqiqotning ob‟yekti va predmeti va ishning tarkibiy tuzilishi
mazmunan yoritiladi.
Maqsad va vazifalar kurs ishining asosiy mazmunini aks ettirishi va
belgilangan vazifalarni yechishga yo„naltirilganini ko„rsatib berishi lozim.
Kurs ishining “Asosiy qism” qismini yozish bo„yicha ko„rsatma: Birinchi paragrafda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, tadqiqotning
ilmiy va uslubiy jihatlariga qaratiladi va tadqiqot olib borilgan ob‟yektning
tasnifini o„zida aks ettirishi lozim. Bunda hozirgi davrda bu mavzuga bo„lgan
nazariy yondashuvlar, masalaning mohiyati, muammoni echishning asosiy omillari
va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo„lgan munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, alohida paragrafda mavzuga oid
muayyan uslubiy masalalarni ham ko„rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta,
talaba uchun mavzuning nazariy va uslubiy jihatlarini ishlab chiqish og„ir. Ammo,
mavzuda ko„rib chiqilayotgan masalalarni yechimiga oid ilmiy-uslubiy
6
yondashuvlar va ularning samaradorligini baholash mezonlariga umumiy baho
berib ketish mumkin.