Mavzu Markaziy Osiyo tariхiga oid rus va evropa tillaridagi yozma manbalar. Reja



Yüklə 43,72 Kb.
səhifə1/7
tarix10.01.2023
ölçüsü43,72 Kb.
#78819
  1   2   3   4   5   6   7
Лекция-5


Mavzu 5. Markaziy Osiyo tariхiga oid rus va evropa tillaridagi yozma manbalar.
REJA:

  1. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta’siri.

  2. Tarixiy o’lkashunoslikning 1917-yildan keyingi ahvoli.

  3. Yevropa sharqshosligi maktablari.



Darsning maqsadi: Sharqshunoslikda sohalarning rivoji va ilmiy-ilmiy uslubiy ishlarning yuzaga kelishi hamda ilmiy sharqshunoslik yoʻllarini aniqlash boʻyicha tasavvurga ega boʻliSharqshunoslik
Tayanch tushuncha va iboralar: Sharqshunoslik instituti, sharq qoʻlyozmalari, sharq tillari, arabshunoslik, eronshunoslik, afgʻonshunoslik, xitoyshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik, koreysshunoslik, turkshunoslik.



  1. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta’siri.

Rus sharqshunosligi o’zining g’oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy tarixchilikka shubhasiz katta ta’sir ko’rsatdi. Rus sharqshunoslari O’rta Osiyo tarixi yuzasidan jiddiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi va xdvaskorlar o’rtasida yurib va yashab, O’rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma’lumotlar va asarlarni to’pladilar va shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih qoraxo’ja o’g’li o’zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar to’ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O’rta Osiyo tarixiga oid ko’p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to’ra aslida Aleksandr Kun bo’lib, mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi. Faqat A. Kunning emas, balki O’rta Osiyoga kelgan barcha sharqshunoslarning xam xalq orasida yurib tarixga oid savollar berishy, ayrim masalalar yuzasidan bahslashishlari hamda ularga yo’l-yo’riqlar ko’rsatishlari, shubhasiz, erli xalqlar o’rtasida tarixga qiziqish hissini oshirdi. Bunday bahslashuvlar, savol-javoblar mahalliy xalq o’rtasida «diniy tus berilgan» arxeologik yodgorliklar va tarixiy hodisalarni aniqlashga, ularning sirini ochishga yordam berdi.
Usha vaqtda nashr qilingan «Turkiston viloyatining gazeti», «Turkestanskie vedomosti» va boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi va havaskorlar tomonidpn yozilgan yodnomalar, yodgorliklar haqidagi kichik-kichik xabarlar va maqolalar, arxeologik kollektsiyalar rus sharqshunoslarining mahalliy tarixchilikka samarali ta’sir ko’rsatganligini va erli xalq orasida ham tarixga qiziqish avj olganligini ko’rsatadi. Rus sharqshunosligi bu tuyg’u va intilishlarni qizg’in qarshi olib, qo’llab-quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi uchun yangi sahifa ochib berdi.
Sattorxon Abdug’afforov ham rus sharqshunosligining bevosita ta’siri ostida tarixchilar qatoridan o’rin olgan. U 1876 yili Peterburgda chaqirilgan III xalqaro sharqshunoslar s’ezdiga A. Kun, Jo’rabek, toshkentlik Muhammadqulov, Abdulla Niyozov va Buxorolik Musajon Saidjonovlar bilan birga Turkiston vakili bo’lib qatnashadi. U Turkistonga ruslarning kelishi bilan o’lkaga rus fani ham kirib kelganligini ta’kidlab, bu orqali Turkiston dunyo fanidan yanada ko’proq bahramand bo’lishiga ishonch bildirdi. O’ o’zining bu nutqi bilan s’ezd qatnashchilarining diqqatiga sazovor bo’ldi. Rus tilini qunt bilan o’rgangan Sattorxon rus tilida «Rossiyaning istilosiga qadar Qo’qon xonligining ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk» nomli asarini yozib, «Turkestanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 26, 36- sonida va 1893 yil 61- sonida bostirdi. Asarda Qo’qon xonligining ma’muriy bo’linishi, boshqaruv idoralari, shahar va qishloqdagi amaldorlar, ularning huquqlari, hokim va beklarning mehnatkash xalqqa nisbatan tutgan siyosati, gunohkorlarga beriladigan jazolar, qo’shinning tuzilishi, shuningdek, sinfiy kurashlar, ya’ni Xo’jand va o’ratepada xonlikka qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlar, Toshkent hokimi Mirzaahmadga qarshi xalq qo’zg’oloni va uning qo’zg’olonchilar talabiga rozi bo’lishi, Qo’qon xonligining chor Rossiyasi tarafidan bosib olinishi kabi masalalar yoritilgan. Mahalliy o’zbek tarixchisining rus tilida shunday bir tarixiy asar bilan maydonga chiqishi rus sharqshunosligining bevosita katta ta’sirini ko’rsatadi. Bu asar rus sharqshunosligi uchun ham katta axamiyatga ega edi.
Rus sharqshunoslari, jumladan, N.I.Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon Asqarov kabi xavaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akrom Asqarov Toshkentning Rossiya tomonidan bosib olinganiga qadar Qo’qon qo’shinida nog’orachi edi. Toshkent bosib olingach, u 1870 yillarda Toshkentda tashkil qilingan ko’rgazmalarda faol qatnashdi. SHarqshunoslar ta’sirida Turkistondagi yodgorliklarga qiziqib qoladi. O’zining havaskorligi va qizyquvchanligi bilan bora-bora Turkistondagi fan ahliga tanila boshlaydi. Akrom Asqarov 1884 yilda arxeologiyaga oid qazish ishlari o’tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor N. I. Veselovskiyga yoqib qoladi, yordamchi sifatida u bilan birga Buxoroda, Farg’ona vodiysida va boshqa joylarda o’tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda qatnashadi, tez fursatda arxeologiya bilimini o’zlashtirib oladi. SHuning uchun xdm u N. I. Veselovskiyning «tez fursatda arxeologiyaga oid ishlarni o’zlashtirib oldi» degan yuksak bahosiga sazovor bo’lib arxeologiya sohasida mahdlliy xalq orasidan etishib chiqqan birdan-bir fan arbobi amaliyotchi bilimdon sifatida tanildi. Akrom Asqarov N. I. Veselovskiydan Turkistondagi arxeologiyaga oid yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi biri ustida ish olib borish zarurligini so’raganda, u unga ma’lum ko’rsatmalar berib turdi. N. I. Veselovskiy Turkistondan ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil ravishda arxeologiyaga oid tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va markaziy matbuotda hech narsa yozilmagan bo’lsa-da, ammo uning to’plagan boy va qimmatli arxeologiyaga oid ashyolar to’plami o’sha yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko’lamda ish olib borilganidan dalolat beradi. Akrom Asqarov 1891 yilda vafot etgach, uning boy arxeologiyaga oid ashyolar to’plami juda ehdiyotlik bilan Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
«Turksstanskie vedomosti» gazetasining 1892 yil 31- sonida bosilgan professor evarnitskiyning «Akrom Asqarovning arxeologiyaga oid ashyolar to’plami» nomli maqolasida berilgan ma’lumotga ko’ra, ashyolar to’plamida 17 dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13 274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg’a, jezdan yasalgan sulug’, jez oyna, jez iskana, jez ketmonlar (motiga), turli joylarda to’plangan sopoldan yasalgan odam hdykallari, bir bo’lak nefrit, isirg’a, krest (but), baldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o’xshash garixiy buyumlar bo’lgan. Akrom Asqarovning fan uchun qimmatli bo’lgan bu ashyolar to’plamiga professor N.I.Veselovskiy ham katta baho bergan edi. Rossiya arxeologiya jamiyati 1887-yilda uning arxeologiya sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, uni kumush medal’ bilan mukofotladi. O’zi to’plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo’lsa-da, oddiy bir o’zbekning «o’sha vaqtda tarixiy nodir buyumlarning fan uchun katta ahamiyatga ega ekanini tushungani holda, fan uchun to umrining oxirigacha tinmay xizmat qilishi rus sharqshunosligi faoliyatining samarasi bo’lib, bu rus sharqshunosligi uchun ham, mahalliy tarixchilik uchun ham yangilik va foydali ish edi.
O’rta Osiyo, shu jumladan Qo’qon xonligi, Namangan va Toshkentda yashagan, o’zbek xalqining tarixi, tilini va urf-odatlarini o’rganishda Vladimir Petrovich Nalivkinning (1852-1918) ham qo’shgan hissasi kattadir.
Uning ilmiy faoliyati O’rta Osiyo xalqlari tarixi, tilini va etnografiyasini o’rganishdan boshlandi. U rafiqasi M.V.Nalivkina bilan xdmkorlikda «Farg’ona mahalliy aholisi ayollarining turmushi haqida ocherk» degan kitob yozdi. V. P. Nalivkin rus olimlari ichida birinchi bo’lib, mahalliy tillarni urganib, mahalliy tarixchilar qo’lyozma asarlarini o’rgangan va shular asosida «Qo’qon xonligining qisqacha tarixi» va «Ruscha-sartcha va sartcha-ruscha lug’at» hamda «Intihob ut-tavorix mamlakati Rusiya» («Rossiyaning qisqacha tarixi») kitoblarini va 40 dan ortiq ilmiy agarlar, maqolalar yozgan. Mahalliy xalq tilini juda mukammal bilganligi sababli uni erli xalqlar Jahongir to’ra deb ataganlar, u ham bir necha asarini Jahongir to’ra nomi bilan chop etgan.
Uning 1885 yilda Jahongir to’ra nomi bilan yozilgan’ «Intihob ut-tavorix mamlakati Rusiya» nomli asari buning yorqin dalilidir. Muallifning «Bu faqir... zaboni nochor va suxoni ojiz birlan tavorix kitoblari tahriridagi voqealarni intihob aylab ko’p tafsili keltirmay ijmoli birla muxtasar bayonini qilardiki, Rusiya mamlakatining paydo va bino bo’lganidan to oxir zamonigacha mazkur viloyat ichra o’tgan hodisa va voqeliklarni tasnif qilg’ay”, – deyishidan ma’lumki, u o’z asarini ko’p adabiyotlardan foydalangan holda yozgan. Bu asarning erli aholini Rossiyaning o’tmish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o’zbek tilida yozilishi o’z davri uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan bir hodisa edi.
Shunday qilib, XX asrning 20-yillariga qadar olimlar va turkshunos havaskorlarning kuchlari bilan Ozbekiston o’lkasini o’rganishga doir anchagina materiallar to’plangan. Biroq bularning orasida uzuq-yuluq va tasodifiy materiallar anchagina bo’lib, keng, ilmiy asosda umumlashtirilmagan edi.
O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston tarixini ilmiy asosda o’rganish faqat asrimiz boshlarida va undan keyingi yillarda samarali va fidokorona ish olib borish natijasida yaratildi va u yanada chuqurlashtirildi.




  1. Yüklə 43,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin