Mavzu Markaziy Osiyo tariхiga oid rus va evropa tillaridagi yozma manbalar. Reja


Tarixiy o’lkashunoslikning 1917-yildan keyingi ahvoli



Yüklə 43,72 Kb.
səhifə2/7
tarix10.01.2023
ölçüsü43,72 Kb.
#78819
1   2   3   4   5   6   7
Лекция-5

Tarixiy o’lkashunoslikning 1917-yildan keyingi ahvoli.

D.XoxIov elchiligi hujjatlari. Ivan Danilovich Xoxlov XVII asrda o’tgan iste’dodli rus diplomatidir. Uning hayoti va faoliyatini o’rgangan yirik rus sharqshunos olimi N.I.Veselovskiy (1848-1918) keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, I.D.Xoxlov asli qozonlik bo’lib, aslzoda (boyarin) oilasida dunyoga kelgan.
1620-1622 yillari u podshohning farmoni bilan Markaziy Osiyoda, Buxoro va Xiva xonliklarida bo’ldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga qaytgandan keyin I.D.Xoxlov birmuncha vaqt Moskvada istiqomat qildi.
1623 yilning boshlarida unga Qozonga qaytishiga ijozat berildi hamda voyevoda Odoyevskiyning xizmatida bo’ldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga chaqirib oldilar va Buxoro hamda Xiva xonliklari haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish haqida topshiriq oldi. I.D.Xoxlovning hayotiga oid so’nggi malumot 1629 yilga tegishli. O’sha yili Eron elchisi Muhammad Silibek va Eronning savdo karvonini Qozondan Moskvagacha va Moskvadan Qozongacha kuzatib qo’ygan. Birinchi hujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar haqida so’z boradi. Uning vazifasi, eng avvalo, har ikki xonlik hukmdorlarini Rossiya bilan do’stlashish, savdo va bordi-keldi aloqalarini o’rnatishga ko’ndirish, xonlarni Rossiya qudratli davlat ekanligi va uning boshqa nufuzli mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod qilish, har ikkala xonlik o’rtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron, Turkiya va Gruziya bilan munosabatlari qanday ekanligini aniqlash, tabiiy boyliklari va harbiy qudratini aniqlashdan iborat bo’lgan.
I.D.Xoxlovning Elchilar mahkamasi (Posolskiy prikaz)ga yozgan axboroti (Stateyniy spisok)ga qaraganda, u elchiga yuklatilgan vazifaning katta qismini bajargan. Masalan, Imomqulixon o’z ixtiyoridagi 23 rus asirini ozod qilgan.
Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to’g’risida manbalar. Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy ahvoli, xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon yo’li haqida keng ma’lumot jamlaganlar.
Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) bo’lgan. Katta Pazuxin – Boris Andreyevich Pazuxin 1667-1673 yillarda stolnik mansabida davlat xizmatida bo’lgan va inisi Semyon Ivanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillarda Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan Rossiya elchiligiga boshchilik qilgan. Oradan sakkiz yil o’tgach, 1679 yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Yo’lda isyonchi rus kazaklarining hujumiga duchor bo’lgan va olishuv paytida o’ldirilgan.
Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo’lgan) Buxoroga Yoyiq-qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orqali qaytishgan. Elchilar Buxoro va Xivada hammasi bo’lib ikki yarim yil turganlar.
Podshoh va elchilik mahkamasi tarafidan berilgan hujjatlardan ma’lum bo’lishicha, aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: 1) Har ikki davlat – Rossiya va O’rta Osiyo xonliklari, o’rtasidagi do’stlik va savdo aloqalarini mustahkamlash; Podshoh Aleksey Maxaylovich (1645-1676)ning Buxoro xoni Abdulazizxon (1645-1680) nomiga yo’llagan maktubida o’qiymiz: «...Biz ota- bobolarimizning (ishlarini) o’zaro do’stlik va izzat-hurmatda bo’lish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish haqidagi ko’rsatmalarini esda tutib, Sizning savdogarlarin-gizga bizning mamlakatimizga, bizning savdogarlarimiz Sizning mamlakatingizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik; 2) Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod qilishga harakat qiliSharqshunoslik Elchilik mahkamasi (Posolskiy prikaz) bergan yo’riqnoma (Nakaz)da bunday deyiladi: «Buxoro, Balx va Urganchga qarashli yerlarda saqlanayotgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni ham aytish kerakki, elchilikka «Podshohi oliy hazratlariga tegishli kishilarni, aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» alohida e’tibor berish topshirildi. 3) O’rta Osiyo xonliklarining ichki va xalqaro ahvolini, ulardan qaysilariga suyanish mumkinligini aniqlaSharqshunoslik Xususan, Elchilik mahkamasining yo’riqnomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor: «(Xonliklardan) qaysinisi kuchliroq va ishonchliroq bo’lsa, o’shanisi bilan aloqa o’rnatish lozim.
Boris va uning hamrohlari Buxoro, Balx va Urganchda bo’lganlarida ularning xonlari hozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shohlari va Gruziya bilan qanday munosabatda ekanligini, kimlar bilan aloqasi yo’kligini, shu kunlarda Xorazm taxtida kim o’tirganini har kanday yo’l bilan aniqlasinlar; Buxoro, Balx va Urganch xonlarining xazinasi boy-mi, askari kuchlimi, shularni ham aniqlasinlar». Moskva hukumati aka-uka Pazuxinlarga ham Buxorodan Hindistonga olib boradigan qulay yo’lni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani bajarish uchun tarjimonlar Nikita Medvedev va Semyon Izmay-lovlarni Balxga jo’natdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar huzuriga qaytib keldi va Balxdan Hindiston poytaxti Shohjahonobodga olib boradigan yo’l haqida ma’lumot keltirdi. U bunday deb yozgan: «Hindistonga olib boradigan yo’l Balxdan aholi yashab turgan qishloqlar oraqali o’tadi. Io’lda hech qanday odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar yo’q».
Tarjimon Shohjahonobodga yo’l Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali o’tishini aytgan. Yana u yozgan: «Xinjon bilan Parvon oralig’ida Hind tog’lari (Hindiqush) yotadi. To’g’ri yo’ldan, tog’ orqali borilganda masofa olti kunlik, tog’ni aylanib borilganda to’rt haftalik yo’l”. Tarjimon Semyon Izmaylov Kobulda qolgan edi.
Aka-uka Pazuxinlarning ma’lumotnomasida O’rta Osiyo xonliklarining iktisodiy ahvoli haqida quyidagilar kexggiriladi. Zaminining boyligiga qaramay, g’alla kam yetishtirilishi va shu sababdan g’alla tankisligi mavjudligi aytiladi: «Buxoro, Balx va Xivada g’alla kam ekiladi. G’allasi yil sayin kamayib borayotir».
Shuning bilan bir qatorda, xonliklarda pilla yetishtirish yaxshi yulga qo’yilgani va ipakni hatto Turkiya orqali Germaniyaga olib borib sotilayotganini ma’lum qiladi. Chunki, elchilikka Osiyo ipagi savdosini Rossiyaga burib yuborish xususida maxsus topshiriq berilgan edi. Xususan, «Yo’riqnoma»da bu to’g’risida «Buxoro va boshqa shaharlarida xom ipak yetishtiriladi. Uni Eron va Turkiya orqali Germaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib bormaydilar». Shu sababdan aka-uka Pazuxinlarga xom ipak ishlab chiqaruvchilar va bu mahsu-lot bilan savdo qiluvchilarni qanday boTmasin, «maxsulotni Astraxan va Moskvaga olib borishga ko’ndirsin», deyilgan.
Xonliklardagi iqtisodiy axvol xususida berilgan axborotlar ichida mana bu ma’lumot xam o’ta muhimdir: «Xonning xazinasi» hamma qishloqlardan undiriladigan xiroj xarbiy va mansabdorlarga maoshi uchun (tanho) taqsimlab berilgan». Boshqa suz bilan aytganda, so-liqlardan keladigan daromad kamayib ketgan Aka-uka Pazuxinlar O’rta Osiyo xonliklaridagi mavjud harbiy-siyosiy ahvol haqida ham muhim ma’lumotlarni to’plaganlar. Elchilik mah-kamasiga (Posolskiy prikazga) berilgan axborotdan ma’lum boTishicha, Buxoro bilan Balx xonlari o’rtasidagi ziddiyatlar nihoyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 yili Balx xoni Subhonqulixon Buxoroga itoat etmay qo’ygan va mamlakatning mustaqilligini e’lon kilgan edi. Natijada ikki o’rtada urush xavfi tug’ildi. Subhonqulixon daryoning soT qirg’og’ida katta qo’shin to’pladi. Abdulazizixon ham shunday qildi. Amurdaryoning o’ng sohiliga qo’shin yubordi va xon o’rdasini Buxorodan Qarshiga ko’chirtirdi. Balx xoniga qarshi Xiva xoni bilan ittifoq tuzdi. Anushaxon (taxm. 1663-1687 yy.) 1670 yili katta qo’shin bilan Balx ostonasida paydo bo’ldi va Balxga karashli barcha qishloqlarni talon-taroj qildi. o’shanda Abdulazizxon ham, Subhonqulixon ham qo’shin bilan daryo yoqasida bir yarim yildan ortiq turdilar, lekin daryodan o’tishga botina olmadilar.
Axborotda (Stateyniy spisok) O’rta Osiyo xonliklarining, xususan, Buxoro xonligining, ma’muriy va davlat tuzilishi haqida ham diq-qatga sazovor ma’lumotlar keltirilgan. Unda, xususan, yuqori mansabda turgan amaldorlar, masalan otaliq, devonbegi, mehtar, parvonachi, dodxoh, yasovul, bakovul, to’pchiboshi, dorug’a va ularning vazifalari va mavqei haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, dorug’a bilan mehtarga elchilarni zarur oziq-ovkat, ot-ulov, yem-xashak bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi «otaliqsan keyin turgan va elchilami, ular o’zi bilan olib kelgan maktublar (va sovg’a- salomlami) qabul qilgan», «to’pchiboshilar esa zambaraklar va piyoda askarlarga boshchilik qilgan».
Axborotnomada o’zbek xonlari saroyida amalda bo’lgan qabul marosimlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bunday deyiladi: «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning hamrohlarini Malaybek (to’pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning hamrohlari (to’pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podshoh qasriga yetganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshoh qasriga otliq kirish man’ etilgan. Borisning o’ng tarafiga Buxoroning atoqli zotlari, xon avlodidan bo’lgan shahzoda va xonning yaqin mulozimlari, chap tarafda, katta amir (boyarin) xonning yakin mulozimlari va boshqa lavozimdagi mansabdorlar, (umu-man) 100 dan ortiq kishi joy oldilar... Abdulazizixonning o’ng tarafidan xoja, ruhoniy va ulamolar o’rin oldilar. Xonning oldiga uning qilichi, o’q-yoyi va qalqoni qo’yilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va kilich ko’targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq yasovul (va qo’riqchilar) tik turar edilar...» Aka-uka Pazuxinlarga berilgan yana bir muhim topshiriq – O’rta Osiyo xonliklarida tutqinlikda bo’lgan rus asirlarini aniqlash va ularni ozod qilishdan iborat edi. Pazuxinlar bu masalada ham ba’zi ishlarni amalga oshirdilar, xususan Buxoro, Balx va Xiva xonlarining shaxsiy xo’jaliklarida 3000 dan ortiq rus asiri mehnat qilayotganini aniqladilar. Shundan 22 nafarini 685 so’m oltin hisobida to’lab ozod qilishga muvaffaq bo’ldilar.
Axborotnomada ko’rsatilishicha, Pazuxinlar badavlat kishilarning qo’lidagi rus asirlari sonini aniqlay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar mahkamasiga (posolskiy prikazga) taqdim qilgan «Xabamoma»da xususan mana bularni o’qiymiz: «Buxorolik mansabdorlar qo’lida, shaharda va uluslarda ularni aniqlash mumkin bo’lmadi. Qishloqlardan kelib turgan odamlarning so’zlariga qaraganda, ular ko’p». Qulga aylantirilgan rus asirlari asli Qozon, Ufa, Simbir uezdidan va Volga bo’yi qishloqlaridan bo’lganlar va boshqird hamda qalmoq bosqinchilari ularni tutib Astraxanga olib borib, xivaliklarga pullab turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu guvohliklari ham diqqatga molikdir; («boshqird va qalmoq bosqinchilaridan» ularni) xivaliklar sotib olar ekanlar. Ular maxsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga), qalmoq va boshqird uluslariga borar, ba’zi hollarda u yerlarda rus asirlarini kutib ancha vaqt turib qolardilar. So’ng rus asirlarini olib, o’z yurtlariga haydab borardilar. Boris va uning hamrohlari Xivaga borayotganlarida qalmoq ulusidan rus asirlarini haydab kelayotgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga haydab kelinayotgan) asirlarning soni 200, balki undan ortiqroq edi. Ularning har birini 40 yoki undan sal ortiqroq so’mga sotib olardilar. Ularning ko’pchiligini Eron va Hindistonga olib borib sotar edilar».

Yüklə 43,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin