7
Ilovalar qismida kurs ishining ishining ob‟yekti bo„yicha olingan umumiy
amaliy va axborot ma‟lumotlari beriladi.
Ilovalar kurs ishining asosiy matni bilan birga jamlangan bulishi yoki alohida
kitob holida chiqarilgan bo‟lishi mumkin. Ilovalarga kurs ishini to„ldiruvchi va
tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi.
a) statistik ma‟lumotlar va ularni qayta ishlash metodlari;
v) aniq tajribalar natijalari;
g) dastlabki materiallar;
d) yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
z) yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar);
i) mukammal izohlar.
Ilovalar ketma-ketligi tartibi kurs ishida ularga murojaat kilish tartibiga mos
kelishi va foydalanish qulayligini ta‟minlashi kerak.
KURS ISHI MAVZULARI
Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka
tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish
shakli, baholash mezonlari ishchi o„quv fan dasturida va tegishli kafedra
tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko„nikma
va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Kurs ishi uchun mavzular:
1.
O„zbekistonda korporativ boshqaruv bo„yicha qonunchilik asoslari va ularning
amaliyoti.
2.
Korporativ boshqaruv prinsiplari va ularning amaliyoti.
3.
Korporativ boshqaruv kodeksi va uning amaliyotdagi jihatlari.
4.
Aksionerlik jamiyatida aksionerlarning huquqlari va majburiyatlari.
5.
Harakatlar strategiyasi asosida korporativ boshqaruvga yondashuv.
6.
Bank tizimini rivojlantirishda korporativ boshqaruvini qo„llashning mohiyati.
7.
Korporativ boshqaruvning Ingliz-amerika modelini amaliyotdagi o„ziga xos
xususiyatlari.
8.
Korporativ boshqaruv Yaponiya modelining amaliyotdagi o„ziga xos
xususiyatlari.
9.
Korporativ boshqaruvni Germaniya modelining amaliyotdagi o„ziga xos
xususiyatlari.
10.
Korporativ boshqaruvda dividend siyosati va uni boshqarish.
11.
Korporatsiyalarga investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari.
12.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samarali qo„llash.
13.
Korporativ boshqaruvda moliyaviy hisobot.
14.
Korporativ boshqaruvda ichki nazorat.
8
15.
Korporativ xavflarrni samarali boshqarish yo„llari.
16.
Korporativ
boshqaruvning
xalqaro
tajribalarining
ijobiy
jihatlaridan
foydalanish yo„llari.
17.
Aksiyadorlik jamiyatida investitsiya loyihalarining samaradorligi.
18.
Aksiyadorlik jamiyatida mehnatga haq to„lashning hisobini yuritishni
takomillashtirish.
19.
Korporativ boshqaruvdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo„llari.
20.
Korporativ boshqaruv tizimida marketing usullaridan foydalanishning
samaradorligi.
21.
Aksiyadorlik jamiyatida xodimlarni boshqarishning korporativ usullari.
22.
Korporativ boshqaruv tizimida marketing auditini o„tkazishning o„ziga xos
xususiyatlari.
23.
Raqobatbardoshlikni ta‟minlashda korporativ boshqaruvning jihatlari.
24.
Korporativ boshqaruvda axborot ta‟minoti va uning mohiyati.
25.
Korporativ boshqaruvda nizolar va ularni bartaraf etish yo„llari.
26.
Aksiyadorlik jamiyatlarini rivojlantirishda innovatsion jarayonlarning iqtisodiy
samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: