O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


ilova yangi betning o„ng yuqori burchagida qoraytirilgan harflar  bilan yozilgan « Ilova



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
korporativ boshqaruv

 
ilova yangi betning o„ng yuqori burchagida qoraytirilgan harflar 
bilan yozilgan «
Ilova
» so„zi bilan boshlanadi. Agar kurs ishida bittadan ko„p ilova 
bo„lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, "1-ilova", "2- 
ilova" va hokazo. 
KURS ISHNI HIMOYAGA TAYYORLASH VA TAQRIZDAN 
O„TKAZISH TARTIBI 
Talaba kurs ishini bajarish grafigiga muvofiq yakunlangandan so„ng kurs 
ishi bo„yicha biriktirilgan ilmiy rahbarga taqriz uchun taqdim etadi. 
Kurs ishlari quyidagicha taqriz qilinadi: 
Kurs ishining rahbari kurs ishini bajarish grafigiga va rasmiylashtirish 
tartibiga muvofiq bajarilayotganligini nazorat qiladi. Kurs ishining rahbari ishni 
talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so„ng kurs ishini o„z taqrizi 
bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi.
Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs 
ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kurs ishlarini taqriz qiluvchi 
professor-o„qituvchining oldiga quyidagi talablar qo„yiladi: 
-
kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining 
talaba ismi sharifining birinchi harfiga mos kelishini tekshirish;
-
kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo„l qo„yilgan 
xatolarni ko„rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo„llari bo„yicha 


12 
maslahat berish hamda shunga tegishli mulohazalarni taqriz varag„iga yozib 
qo„yish; 
-
taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko„rsatish 
bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati 
yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish; 
-
kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o„zida yoziladigan 
mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya‟ni qaysi savollar 
mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondashganligini, qaysi birlarini to„ldirish zarur 
ekanligini ko„rsatish; 
-
nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog„lab olib borilish 
darajasini ko„rsatish; 
-
talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali mavzuning mohiyatini 
chuqur, atroflicha o„rganib, hozirgi zamon sharoitidagi xususiyatlardan kelib 
chiqqan holda mavzuning yoritib berilganlik darajasini baholash.
Kurs ishiga taqriz yozishda taqrizchi talabalarga to„g„ri maslahat berib
amaliy yordam ko„rsatadigan darajada kurs ishini tahlil qilib, taqriz yozish 
o„qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir.
Kurs ishini tahlil qilishda o„qituvchi har bir betda uning kamchiliklarini 
yozib ko„rsatishi zarur. Bunda kamchiliklarni aniq va ravshan qilib yozish lozim. 
Bunday yozilgan taqrizdan talaba o„zi yo„l qo„ygan xato va kamchiliklarini tezda 
tushunadi hamda uni bartaraf qilish yo„l-yo„riqlarini olish imkoniyatiga ega 
bo„ladi. 

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin